Asosiy mavzular
31 oktyabr 2016

Barcha partiyalar elektorati «manfaati»dagi farmon

O‘zbekistonning muvaqqat prezidenti Shavkat Mirziyoev imzolagan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmon OAVda navbatdagi ura-ura to‘lqinini boshlab berganini avval ham yozgandik.

Partiyalarga tegishli gazetalar undan o‘z maqsadlarida foydalanishga harakat qilyapti. Xususan, O‘zLiDeP nashri bo‘lgan «XXI asr» gazetasi (27.10) bu farmon partiya «elektorati himoyasini mustahkamlashi» haqida bong urdi.

Bundan avvalroq boshqa partiyalarning nashrlari ham bu farmonni ko‘klarga ko‘tarib maqtagan, u «bugungi kun talabidan kelib chiqib qabul qilingani», endi tadbirkorlik «yanada vo-o-o» bo‘lishini bashorat qilgan, bu esa ularning elektorati manfaatlariga xizmat qilishi aytilgandi.

Ilgarigi davlat rahbari tomonidan qabul qilingan shu kabi farmonlar tadbirkorlarning og‘irini sezilarli daraja yengillashtirmagani, bunisi ham aro yo‘lda qolib ketishi mumkinligi bugun partiyalarni qiziqtirayotgani yo‘q.

Asosiysi, bu hujjat qabul qilinganini qizig‘ida maqtab qolish kerak. Keyin nima bo‘lsa bo‘lar, u yog‘iga xudo poshsho…

Nima ham derdik, O‘zLiDeP vakili bo‘lgan muvaqqat va aftidan bo‘lajak prezident hamma partiyalarning elektoratini o‘ylaydigan rahbar ko‘rinadi. Shuning uchun barcha partiyalar ertaga yangi prezident ko‘rsatadigan «oqilona tanlangan, farovon hayot» yo‘lini maqtashga o‘tib ketsa, hech hayron bo‘lmaslik kerak.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 iyul 2018
Hech bir sababsiz «Sangorod»da qoldirishganini gapirarkan, Muhammad Bekjon kitobining navbatdagi bobida 2003 yilning iyulidagi voqealarni tilga oladi. O‘shanda u ...
10 dekabr 2019
Har yili 10 dekabr Inson huquqlari kuni sifatida nishonlanadi. 1948 yil ayni shu kuni tarixiy hujjat – Jahon inson ...
24 mart 2016
“Adolat” gazetasi internet madaniyati va axborot xavfsizligi masalalariga bag‘ishlab Samarqand davlat chet tillar institutida bo‘lib o‘tgan tadbir haqida xabar ...
2 avgust 2021
Taniqli o‘zbek rassomi Rahim Ahmedov tirik bo‘lganida 100 yoshga kirgan bo‘lar edi. Rahim aka nafaqat ijodi balki turli qarashdagi ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...