ART-DURBIN
5 yanvar 2017

Toshkentning go‘zal me'moriy yuziga chaplangan loy

Zilziladan keyin vayron bo‘lgan Toshkent o‘z ijodiy imkoniyatini realizatsiya qilish uchun yer qidirgan sovet me'morlari uchun yangi imkoniyatlar ochdi.

Rassom oq bo‘zda qanday ijod qilsa, sovet me'morlari ham yangi Toshkentni shu tariqa yaratishdi.

Keng ko‘chalar, favvoralar va sharq girix naqqoshligi unsurlari aks etgan oq marmar binolar.

«Nur tarat Toshkent – sharqning yulduzi» deya qo‘shiqlar qo‘shildi bu shaharga.

1975 yili Toshkent markazini barpo etgan me'morlarning katta guruhiga SSSR davlat mukofoti berildi.

O‘zbekiston mustaqil bo‘lgan 1991 yili Toshkent markazi tugallangan me'moriy ansambl maqomida edi.

Mustaqillikdan oldingi Toshkent

Yetakchi sovet me'morlari yaratgan Toshkent markazi Karimov diktaturasining 25 yilida tinimsiz vayron qilindi, buzildi, kesildi, sindirildi va yo‘q qilindi.

«Kelajak avlodlarga nima qoladi tushunmayman. Markazdagi sovet me'morchiligini buzishdi. Uning o‘rniga bizga didsiz va malakasiz qurilmalarni taklif qilishdi», deydi afsus bilan toshkentlik rassom G‘ayrat Qo‘ziboev.

Unga ko‘ra Karimov davrida qurilgan binolar originallik va estetikadan mosuvo bo‘lish barobarida salomatlik uchun tahdid manbai ham bo‘lmoqda.

Piyodalar uchun yo‘laklar, mashina park qiladigan yerlarning yo‘qligi va shahardagi jamoat transportining eski tizimi barbod bo‘lgani Toshkentni yashash uchun noqulay shaharga aylantirdi.

Savod, farosat va diddan mosuvo bo‘lgan mahalliy mulozimlarning zamonaviy megapolisda yashayotgan shaharliklar ehtiyojiga bepisand qarashi vaziyatni yana yomonlashtirgan.

Joxil mulozimlardan tarkib topgan hukumat Toshkentga yillardan beri surunkali tarzda bepisand va ta'bir joiz bo‘lsa nafrat bilan qaraydi.

Bu mulozimlar shaharni buzib va shaharliklarni kamsitib huzur olsalar kerak degan fikr paydo bo‘ladi.

Har hil «Murod-Bilding» qabilidagi psevdo qurilish shirkatlari shahar markazida rasvoi-raddi balo alyukobond kepatalar qurishda g‘ayrat qilmoqda.

Bu falokat qurilishlar oqibatida bog‘lar, qadimiy binolar yo‘q bo‘lmoqda. Bunga e'tiroz bildirmoqchi bo‘lganlar esa mulozimlar tahdidi ostida qolmoqda.

Karimov davrida g‘ajilgan shaharning ertangi me'moriy qiyofasi qanday bo‘lishi mavhum.

Mirziyoev hali Bosh vazir paytida barmog‘ini shahar haritasiga niqtab Buyuk Ipak yo‘li massivi deb atalgan sokin go‘shani bir oy ichida yo‘q qilgan edi.

Bu massiv infratizim va tashqi jozibadan mosuvo qilinib “sahroga” aylantirildi.

Toshkent me'moriy taqdiri ertaga nima bo‘lishi haqida tahlikali misol kabi ko‘rinadi bu.

Bir vaqtlar Markaziy Osiyoning eng go‘zal shahri bo‘lgan Toshkent uchun yangi hukumat prorablari qanday ko‘rguliklar tayyorlayotani hozircha noma'lum.

Akmal Rizaev
O‘zbekistonlik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 may 2021
Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamenti matbuot xizmati “Eltuz”ning telegram kanali va Facebook ijtimoiy tarmog‘ida joriy yil 24 aprel kuni ...
6 yanvar 2024
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta maktubni o‘qiymiz ular O‘zbekistonning Qashqadaryo, Namangan va Jizzax viloyatlaridan. Dastlabki maktubni bizga Koson tumanidan, ...
16 yanvar 2018
GM Uzbekistan o‘zi ishlab chiqargan avtomobillarga aktsiz solig‘i 5 barobardan ziyodroqqa kamaytirilganiga qaramay, bu narxlar pasayishiga sabab bo‘la olmasligini ...
16 yanvar 2018
15 yanvar kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasi ijroqo‘mi qaroriga ko‘ra, Samvel Babayan «futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan umrbod» ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...