Asosiy mavzular
4 iyul 2018

Pulli shou uchun Registon devor bilan to‘sildi

Samarqanddagi Registon maydonida pulli 3D shouni «begonalar»dan to‘sish uchun o‘rnatilgan devor ijtimoiy tarmoqdagi o‘zbeklar g‘azabini keltirdi. Kirish chiptalari mahalliy xalq uchun 2500, sayyohlar uchun 14000-16000 so‘mdan pullanayotgani haqida tarmoqda bildirildi.

Bu gaplar nihoyat, aniqrog‘i, 3 iyul kuni Samarqand viloyati hokimi qulog‘iga yetib borgani haqida yozishdi.

«Hozirgina ajoyib xabar oldim. Viloyat hokimi «Toshshaharnur»ning o‘zboshimchaligidan g‘azabda va yaqin orada Registonda qurilgan sharmandali to‘siqlarni olib tashlasharkan», deya yozdi samarqandlik yuzer Fotima Orifjonova.

Sharmandali devorning qulatilishi haqidagi xabarni samarqandliklar «Ura!» sadolari ostida qarshilashdi.

Asnoda Hamza teatrida takror va takror qo‘yilgan «Oltin devor» spektakli eslandi. Go‘yoki devor qulatilsa, uning tagiga yashirilgan oltinlar xalqqa qaytariladi yoki oltinni cho‘ntakka urgan korruptsionerlar jazolanadi.

Faqat Samarqandda «tarixiy devor» qurilganidan, buning ustiga, uning «Toshshaharnur» unitar korxonasi homiyligida barpo etilganidan viloyat hokimining bexabarligi ayrimlarni taajjublantirdi.

«Bu qanchalik to‘g‘ri xabar», «Hokim shaharda emasmidi», «U qaytib kelib devorni ko‘rdimi», deya yozishdi skeptik yuzerlar.

Uzoq va yaqin tarixda shahar xalqini dushmandan himoya qilish uchun devorlar qurilgan.

Masalan, shularning eng kattasi va qadimiysi Xitoy devori. So‘nggisi esa 1961 yili SSSR qurgan va 1989 yili qulatilgan Berlin devori.

Berlin devori ham shaharni chet kishilardan to‘sish uchun qurilgandi. O‘zbekistonning Samarqand shahri Registonida 2018 yilning iyulida qurilgan devor esa, aksincha, shahar maydonini shaharliklardan to‘sib, puldor chet kishilarga ko‘z-ko‘z qilish uchun qurildi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 aprel 2015
O‘zbekiston Inson huquqlari markazi direktori Akmal Saidov deyarli 20 yildan buyon xalqaro tashkilotlarda Islom Karimovning himoyachisi bo‘lib chiqishlar qilib ...
12 avgust 2019
Rassom Kirpieltuz.com
14 mart 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
22 aprel 2017
Rossiyalik muxolifatchi bloger Aleksey Navalniyning fikricha, tagi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov turli yo‘llar bilan pora berganini yashirmoqchi. Aprel ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...