Asosiy mavzular
21 yanvar 2019

O‘zbekiston rivojiga qancha umid bo‘lsa, shuncha shubha bor…

Bugun prezident Mirziyoev Berlinda. Men so‘nggi 10 yilni o‘tkazgan va menga Islom Karimov mustabidligidan boshpana bergan sevimli shahrimda. 

O‘zbekiston haqidagi muttasil yomon xabarlardan charchagan nemis siyosatchilari o‘zbeklarning yangi prezidentini iliq qarshi olishmoqda. Haqiqatan ham, Karimovning sobiq bosh vaziri, garchi hozircha ehtiyotkorlik bilan bo‘lsin, mamlakat modernizatsiyasini boshlashini hech kim kutmagan edi. 

Berlin, 2019 yil 21 yanvar

Nemis matbuoti O‘zbekiston prezidenti tashrifi haqida ancha kam yozyapti, chunki g‘arb ommaviy axborot vositalari uchun mamlakat rahbarlarining tashrifi ertalabdan kechgacha televizorda gapiriladigan xabarlar sirasiga kirmaydi.  Bir nechta maqolada barcha xabarlar uchun odatiy: ikki yil burun diktator Karimovning o‘lgani, endi esa O‘zbekistonning dunyoga ochilayotgani va iqtisodiy islohotlar yurgizayotgani haqida bildirilgan.

Chindan ham O‘zbekiston o‘zgarmoqda. Garchi hanuz Islom Karimov to‘g‘ridan to‘g‘ri tanqid qilinmayotgan, hatto Toshkentdagi xalqaro aeroportga uning nomi berilgan bo‘lsa-da, aftidan Karimovning ketganidan quvonganlar uning o‘limiga qayg‘urganlardan ko‘proq bo‘lsa kerak.   

«Menda qancha umid bo‘lsa, shuncha skeptitsizm bor», degan edi 2017 yilning martida O‘zbekistonga kiritilmagan ulug‘ o‘zbek yozuvchisi Hamid Ismoil. O‘zbekistonning bugungi istiqbolini adibning ayni so‘zlari aniq ifodalashi mumkin.

Umida Niyazova,
 «Eltuz» direktori, Berlin 

Tag‘in o‘qing
23 aprel 2016
Kun karikaturasida bugun Eltuz.com, rassom Elsevar qalamiga mansub, avtobus chiptachisi tomonidan qulog‘i cho‘zilayotgan bolakay suratini taqdim etadi. Dunyoning turli ...
30 may 2023
Erkin Vohidov 2016 yilning 30 mayida 79 yoshida vafot etdi. U 1936 yil 28 dekabrda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida ...
23 aprel 2018
Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekiston byudjetidan 4 million dollardan ortiq mablag‘ o‘marilgan. Bu haqda Moliya vazirligiga asoslanib, mamlakatning bir ...
19 mart 2021
Rassom Elsevar
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...