Asosiy mavzular
25 yanvar 2019

Milliy gvardiya Yangioboddagi turbazani reyderlik yo‘li bilan bosib oldi

25 yanvar kuni «Eltuz» nashri Toshkent viloyatining Angren shahri yaqinidagi tog‘li hududda joylashgan Yangiobod turbazasining bosib olingani haqidagi xabarni oldi. Sayyohlik bazasi egalariga ko‘ra, bu to‘satdan ularga qarshi qilingan reyderlik hujumidir.

«Hozirgi daqiqada Milliy gvardiya hech bir ogohlantirishsiz Yangiobod turbazasini bosib olmoqda. Biror hujjat ko‘rsatmasdan mulklarni xatlashmoqda. Turbazani noqonuniy yopishdi, hech kimni kiritishmayapti va hech kimni chiqarishmayapti. Turbazada Milliy gvardiyaning uch vakili o‘tiribdi, o‘zimizning mulkimizni olib chiqishga ruxsat berishmayapti. Ular bu turbaza ortiq bizga tegishli emasligini bildirishmoqda. Mahalliy huquq-tartibot idoralariga murojaat qildik, hamma qo‘rqyapti. Biror qiziqish bildirishmayapti. Yordam bera olmasliklarini, qo‘rqishlarini ochiq aytishmoqda», deyiladi bildirishda.

Telefon orqali «Eltuz»ga intervyu bergan Yangioboddagi turbaza egasi Ali To‘xtaevning xotini Anna To‘xtaeva harbiylar ularga bu hudud Milliy gvardiya ixtiyoriga o‘tgani, bu yerda endilikda ularning qo‘shinlariga tegishli harbiy mashq poligoni joylashishini bildirishganini aytdi.

Anna To‘xtaevaning «Eltuz»ga bildirishicha, 25 yanvar kuni ertalabdan kurortga bostirib kirgan milliy gvardiyachilar ularni va dam oluvchilarni zonadan haydab chiqara boshlagan.

«To‘satdan, hech qanday ogohlantirishsiz kirib kelishdi. Hatto o‘zimizga tegishli shaxsiy buyumlarimizni olib chiqib ketishga ruxsat berishmadi. Shu yerda dam olayotgan, bir necha oy avval pul to‘lab qo‘ygan frantsuz elchixonasi diplomatlarining ham gapini tinglashmadi», dedi To‘xtaeva.

Unga ko‘ra, bu yilgi chang‘i mavsumida fevral oyidan keluvchilar uchun ham barcha yo‘llanmalar sotilgan.

U taqdim qilgan hujjatlarga ko‘ra, Yangiobod turbazasi Davlat mulk qo‘mitasi va Angren shahri ekologik sog‘lomlashtirish ob'ektlari va qurilish direktsiyasi bilan kelishuv asosida «Yangiabad Jemchujina Chatkala» mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 2007 yilning 20 fevralida xarid qilingan va investitsiya sarflangan.

Ali To‘xtaevga tegishli bu turbazaning nima asosda tortib olinayotganini tasdiqlovchi birorta hujjat ko‘rsatilmagan. Faqat bu joy Milliy gvardiya tasarrufiga o‘tgani bildirilmoqda.

Ilgari Angrenda yashagan huquq faoli Dmitriy Tixonovning bildirishicha, Yangioboddagi turbaza sovet davrida respublika ahamiyatiga ega maqomda bo‘lgan. U yerda alpinizm bo‘yicha butunittifoq musobaqalari o‘tkazib kelingan. Keyin hammasi ortga ketib, turbaza o‘tira boshlagan.

«1999 yili jangarilar paydo bo‘lib IIV xodimlariga hujum uyushtirishgan, o‘shanda to‘g‘ri turbazaga kiraverishda uch nafar militsiya xodimi o‘ldirilgach, yopilgan edi. Keyin u yer xarobaga aylana boshladi, quvurlarini o‘g‘irlab ketishdi. Keyin kimdir sarmoya sarfladi va turbazani tiklashdi», deydi Tixonov.

Reklama posterlaridan birida «70-yillarda qurilgan Yangiobod turbazasi o‘n yillik turg‘unlikdan so‘ng tag‘in tog‘da dam olish havaskorlariga o‘z eshiklarini ochmoqda», deya yoziladi.

Posterda, jumladan, bir necha yildan buyon turar joy komplekilari rekonstruktsiya qilinayotgani va bugungi kunda 130 kishiga mo‘ljallangan ikkita bino ishlayotgani bildirilgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 oktyabr 2017
Bu yil terimga O‘qituvchi va shifokorlar poezdlarda safarbar qilinmoqda. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlaridan minglab terimchilar mingan poezdlar Qoraqalpog‘iston va ...
15 fevral 2022
Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan. Bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan. Qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ...
7 iyun 2016
Farg‘ona shahrining Farg‘onadagi istirohat bog‘ida o‘tkazilgan Pushkin tavalludiga bag‘ishlangan tadbir Shekspirning “Romeo va Juletta” asari asosida sahnalashtirilgan tomosha bilan ...
5 noyabr 2018
Bu yilgi paxta terimi mavsumida Farg‘ona viloyatida olingani aytilayotgan, ijtimoiy tarmoqda paydo bo‘lgan fotosuratlarda “Paxtaga qo‘li tekkan odam – ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...