Catira
18 oktyabr 2017

Terimchilar paxtaga endi poezdlarda tashilmoqda

Bu yil terimga O‘qituvchi va shifokorlar poezdlarda safarbar qilinmoqda.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlaridan minglab terimchilar mingan poezdlar Qoraqalpog‘iston va Toshkentga yo‘l oldi.

Surxondaryodan esa Jizzax va Xorazmga «uyushmagan aholi» tarkibidagi terimchilar poezdi jo‘natildi.

Bu voqealar hukumatning majburiy paxta terimini tugatish haqidagi qaroridan so‘ng ro‘y bermoqda.

O‘zbek matbuotining bildirishicha, tunda ular yig‘ilish o‘tkazib talabalarni qaytarishga buyruq berishgan

O‘zbek matbuoti 21 sentyabr kechasi Bosh vazir Abdulla Oripov majlis o‘tkazib, talabalar,  o‘qituvchilar va shifokorlarni paxtadan qaytarishga buyruq bergani haqida yozgan edi.

Majburiy mehnatni tugatish haqidagi bu gaplar yana qog‘ozda qoldi.

Ijtimoiy tarmoqda, yaqin kelajakda har bir dala boshiga temir yo‘l keltirishi haqidagi kinoyali pisandalar tarqaldi.

Qadimdan qolgan eski paravoz haqidagi hazilomuz she'rlar to‘qilmoqda.

Qadimdan qolgan
Bizning parovoz
Paxtazor sari
Aylaydi parvoz.

Paxta terishdan
yo‘q boshqa taqdir,
Bu yurtda faqat
yurtboshi haqdir.

Kuylar «Fidoiy
yoshlar» xushovoz.
Temir yo‘l uzra
Eski parovoz.

Orqada xokim,
Qo‘lida kaltak,
Tirishar tokim,
Bo‘yinda etak,
u so‘nggi bekat –
Buyuk kelajak…

Doktor kerakmas,
Muhandislar ham.
Maktablar yopiq,
Zavodlar barham.

Boshqa yo‘ling yo‘q,
Dalalarga yur…
Yurtboshing bilan
Parovozni sur.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 noyabr 2023
Joriy yilning 25 oktyabr kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan tuman sudi, 42 yashar MBni internetda “diniy aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilish, ...
19 yanvar 2016
Choyxona oshi Mayxona oshi To‘yxona oshi Nahor oshi Ta'ziya oshi Payshanbayu yakshanba oshi Shunday o‘tar ro‘zu ro‘zgorim Nariroqda ho‘v ...
11 sentyabr 2023
Chirchiq Davlat pedagogika universiteti rahbariyati ushbu universitetning o‘zbek tili va adabiyoti uchinchi bosqich talabasi Karomat Muqimovaga universitet yotoqxonasidan joy ...
27 iyul 2016
Bugun Markaziy Osiyoda ishlab chiqarilayotgan “xontaxta” filmlarining chuchmal qaxramonlari odamni zada qilar ekan, o‘tgan asr kinoekranlarini to‘ldirgan jiddiy san'atkorlar ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...