Asosiy mavzular
5 iyun 2019

«Ozodlik» muxbiri O‘zbekistonga kiritilmadi

«Ozodlik» radiosining Moskvadagi muxbiri, Rossiya vatandoshi va taniqli tarixchi 45 yashar Umid Bobomatov O‘zbekistonga kiritilmadi. U 4 iyun kuni Moskvadan Toshkentga uchib kelgan edi. Bobomatov bu haqda o‘zining feysbukdagi sahifasida habar qildi.

«Eltuz» muxbiriga voqea yuzasidan intervyu bergan Bobomatov uni avvaliga Toshkent aeroportidagi o‘zbek chegarachilari to‘xtatgani va ortiga qaytarib yuborgani, keyin esa Rossiya FXX xodimlari Moskva aeroportida uch soatcha ushlab o‘tirganini aytdi.

Bobomatovning «Eltuz»ga bildirishicha, Toshkent aeroporti xavfsizlik xizmati xodimlari tarafidan to‘xtatilib, keyingi reys bilan Moskvaga uchib ketishga majburlangan. Bu borada izoh so‘ragan Bobomatovga Toshkent rasmiylari bir parcha qog‘oz berishgan.

Foto: eltuz.com

Umid Bobomatov «Ozodlik»ka qarshi rasmiy Toshkent tarafidan boshlangan obro‘sizlantirish kampaniyasidan keyin O‘zbekistonga kiritilmagan ilk jurnalistdir.

Bundan oldin «Ozodlik» muxbiri Noa Taker O‘zbekistonga xizmat safari bilan borganida monelik qilinmagan edi.

O‘tgan yili 28 iyun kuni «Ozod Yevropa/Ozodlik» radiosi vitse-prezidenti va bosh muharriri Nenad Pejich Toshkentda O‘zbekiston hukumati rasmiylari, xususan, prezident matbuot xizmati rahbari Komil Allamjonov bilan uchrashgani mahalliy matbuot tarafidan ijobiy yoritilgan edi.

Bobomatovning o‘zi Karimov davrida ham, Mirziyoev iqtidorga kelganidan keyin ham O‘zbekistonga bemalol safar qilib yurgan edi.

«Ozodlik» radiosi 2005 yil dekabrga qadar Toshkentda o‘z muxbirlik byurosiga ega bo‘lgan. Radio dunyoning 28 tilida xabar va tahlillar tarqatadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 may 2016
Bir necha kundirki, ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning 600 million dollarga yaxta sotib olgani duv-duv gap bo‘lyapti. Ba'zan ...
6 yanvar 2020
O‘zbekiston “Erk” Demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih 1992 yilning 16 yanvarida poytaxtning Talabalar shaharchasida sodir bo‘lib isyon va undan ...
29 noyabr 2021
Tarmoqlarda yalang‘och videosi tarqalgani ortidan Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani hokimligi binosida 3 dekabr kuni bo‘ladigan yig‘ilishda 43 yoshli deputat ...
23 yanvar 2017
«Kecha Mirziyoev. Sh.M ketishi bilan 3 kundan beri o‘chmay turgan chiroqlar boshladi o‘chishni» deya yozdi to‘rtko‘llik shifokor Alimardon Sultonov. ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...