Asosiy mavzular
24 iyun 2019

Hokimdan norozi navoiylik faol ochlik e'lon qildi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi faol, 2-guruh nogironi, 43 yashar Dildora Boymurodova norozilik namoyishiga chiqish haqidagi bildirgisiga viloyat hokimligidan javob yo‘qligi ortidan 20 iyundan ochlik e'lon qilganini aytmoqda.

«Bugun aktsiyamning 4-kuni. Shu paytgacha tuz tatiganim yo‘q. Lekin rasmiylardan hech kim bunga munosabat bildirmadi», dedi Boymurodova 24 iyun kuni «Eltuz» muxbiriga bergan intervyusida.

Dildora Boymurodova 10 iyun kuni prezidentga yozgan 16 banddan iborat murojaatida, jumladan, viloyat hokimi, uning o‘rinbosarlari, viloyat prokuraturasi, IIB va sud idoralari harakatidan noroziligini aytib, yakka holda piketga chiqishini bildirgan edi.

«Eltuz» muxbirining yakka piket uchun rasmiy ruxsat olish shart emas-ku, degan savoliga Boymurodova: «O‘zbekistonda bunday harakat uchun har narsa qilishlari mumkin», deya javob berdi.

Dildora Boymurodova, shuningdek, unga qarshi ochilgan ma'muriy ishning yopiq qolayotgan bayonnomasini berishni, hokimlik tayinlagan ayrim mansabdorlarning ishdan olinishini va oldingi rahhbariyat tomonidan talangan nashriyotni moddiy ta'minlashni talab qilmoqda.

Uning aytishicha, besh nafar ayol 2018 yilning bahorida «Katta machit» mahalla raisining aroqxo‘rligi, kotibasining ta'magirligi ustidan shikoyat qilishgach, raisni ishdan haydashgan, biroq shikoyat qilgan besh ayolga ma'muriy ish ochib, jarima solishgan.

«Viloyat hokimi Qobiljon Tursunov ilgari jinoyati uchun ishdan haydalgan Ikrom Jo‘raevni qaytarib, viloyat veterinariya boshqarmasi boshlig‘i etib tayinladi! Keyin mahalla nizomiga zid ravishda ta'magir kotibani ishga oldi», deydi Boymurodova.

Boymurodova 24 iyun soat 16.00 dan boshlab suv icha boshlagani, bunga qattiq tobi qochib, yotib qolgani sabab bo‘lganini bildirdi. Ayni paytda u ochlik aktsiyasini joriy yilning 10 iyuliga qadar davom ettirishni rejalaganini aytdi.

Eltuz,com

Tag‘in o‘qing
22 may 2023
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich «o‘z atrofiga qarindosh urug‘ini yig‘ib, kamida bir ...
13 fevral 2018
13 fevralda Stokholm shahri sudida terror jinoyatida ayblanayotgan o‘zbekistonlik Rahmat Oqilov mahkamasi boshlandi. Ushbu jinoyat ishi 35 kun, ya'ni ...
15 sentyabr 2022
Bugun mahallalarda temir-tersak yig‘ib yurganlar shu yo‘l bilan tirikchilik o‘tkazayotganlar emas, balki metallolom topshirish majburiyati hali zimasidan soqit bo‘lmagan ...
5 noyabr 2023
Andijon viloyatidagi Muruvvat uyida tarbiyalanayotgan bolalarning kaltaklanganligi yuzasidan surishtiruv boshlandi. 4 noyabr kuni Eltuzning telegram kanalida Qo‘rg‘ontepadagi Muruvvat uyida ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...