Asosiy mavzular
4 iyul 2019

Sud xorazmlik jurnalistlar foydasiga yakunlandi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudi 3 iyul kuni aka- uka jurnalist Bobojonovlar da'vosi yuzasidan Urganch tumani hokimligi hamda Urganch tumani sudyasi U.Masharipovning noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlari yuzasidan sudni jurnalistlar foydasiga yakunladi.

Bu haqda «Simay» advokatlik firmasi vakili Umid Davletovdan iqtibos keltirgan urganchlik jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov o‘z feysbuk sahifasi orqali xabar berdi.

“Sud jarayonida Urganch tumani hokimligining Shuhrat va G‘ayrat Bobojonovlarning shaxsiy uy-joyini tortib olish xususidagi «buyurtmaning hidi anqigan» da'vo arizasi rad etildi. Aka-uka jurnalistlar sudda uzil-kesil g‘alaba  qozonishdi!” deya bildirdi Davlatnazar Ro‘zmetov.

Joriy yilning 16 may kuni O‘zbekiston Oliy sudi sudyasi Akmal Murodov raisligida sudya Nargiza Mahkamova va Muhabbat Rabieva tarkibida prokuror Jamshid Qo‘shimov jurnalistlar aka-uka Shuhrat va G‘ayrat Bobojonovlarning Urganch tumani markazidagi shaxsiy uylarini Fuqarolik kodeksining 191 moddasiga binoan, uylarda hech kim yashamayotganini da'vo qilib uyni davlat tasarrufiga musodara qilish to‘g‘risidagi Urganch tumani sudining qarorini bekor qilib, birinchi instantsiyada qayta ko‘rib chiqish uchun yuborgan edi.

Undan ilgari, 2018 yilning boshida Urganch tumani sudi jurnalist Shuhrat, Qudrat, G‘ayrat Bobojonovlarning uylarini musodara qilish haqida qaror chiqargan. Bu qarorni chiqargan sudya O‘tkir Masharipovning o‘zi keyin apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqib, uni o‘z kuchida qoldirgan. Keyingi instantsiyada 1 fevral kuni Oliy sud sudyasi Jamshid Tirkashev jurnalistlar arizasini rad qilib ajrim chiqargan. Ajrim yuzasidan jurnalistlar nazorat tartibida Oliy sudga shikoyat qilishgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 yanvar 2023
Bir vaqtlar juda shiddatli bo‘lgan daryoning quyi qismi bo‘ylab sayohat qilar ekan, muayyan ekologik halokatning oldini olish qanchalik mushkul ...
18 fevral 2021
Liberal Rossiyaning katta qismini birlashtirishga muvaffaq bo‘lgan shaxs, Putinga muxolifat timsoli sifatida namoyon bo‘lgan Aleksey Navalniyning obro‘si aksariyat qismi ...
9 may 2017
9 may kuni Shomahmudovlar haykali qayta ochildi. Toshkentlik taxlilchi Anvar Nazir fikriga ko‘ra, bu haykal sovet davrini qo‘msagan o‘zbekistonliklar ...
20 iyun 2016
Qirg‘iz matbuotining bildirishicha, 18 iyun kuni militsiyaga murojaat qilgan jalolobodlik ayol, qishloq masjidi imomining o‘z o‘g‘lini zo‘rlagani haqida ariza ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...