Asosiy mavzular
5 dekabr 2019

Hokimiyat Olimpi sari yo‘l Toshkentdan o‘tmoqdami?

Tojikiston prezidentining o‘g‘li Rustam Imomalining Dushanbe shahri hokimi sifatidagi ilk rasmiy tashrifi O‘zbekistonga to‘g‘ri keldi.

Bu tashrif prezident Imomali Rahmon yaqin yillar ichida o‘z lavozimini o‘g‘liga topshirishiga yana bir ishoradir.

Bu haqda gapirgan o‘zbekistonlik siyosiy tahlilchi G‘ayrat Ortiqovning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston prezidenti hokimiyatni o‘g‘liga qoldirishini avvaldan ham yashirayotgani yo‘q. Ammo uning o‘g‘lining rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelgani bu jarayonning so‘nggi bosqichiga o‘tilayotganidan darakdir.

“Uning O‘zbekiston prezidenti tomonidan yuksak ehtirom bilan qabul qilingani Shavkat Mirziyoev uni o‘zining bo‘lajak hamkasbi sifatida ko‘rishidan ham nishonadir”, dedi tahlilchi “Eltuz” bilan suhbatda.

Uning ta'kidlashicha, Rustam Imomalining dastlabki rasmiy tashrif sifatida O‘zbekistonni tanlaganida ham Tojikistonning o‘z qo‘shnisi bilan aloqalarga jiddiy e'tibor qaratishini anglatadi. 

– Qolaversa,- tahlilchi fikricha, – Shavkat Mirziyoevning hokimiyat tepasida imkon qadar uzoqroq muddat qolishi taxmin qilinmoqda. Bu esa Rustam Imomalining qo‘shni mamlakatdagi hukmronlik davri O‘zbekiston prezidenti bilan ancha muddat hamkorlik qilishiga to‘g‘ri kelishidan dalolat beradi.

G‘ayrat Ortiqovning qo‘shimcha qilishicha, voqealar rivoji Imomali Rahmon hokimiyatni hali tirikligidayoq o‘g‘liga berishini, o‘zi esa Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboev kabi davlatni orqavorotdan turib boshqarib, farzandining yetarli darajada qudratga ega bo‘lishini kutishini taxmin qilishga asos bo‘la oladi.

Imomali Rahmon mamlakat parlamentining quyi palatasiga saylovni keyingi yil 1 martda o‘tkazishga qaror qildi.

Bu parlament ham hozirgisi kabi to‘laligicha uning nazoratida bo‘lishiga ko‘pchilik kuzatuvchilarda shubha yo‘q.

Shunday ekan, hali parlamentning keyingi chaqirig‘i faoliyati davomidayoq, ya'ni 2026 yilgacha hokimiyat tepasiga amaldagi prezidentning o‘g‘li kelishi ehtimoli yuqori.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 avgust 2018
Muhammad Bekjonni 2000 yilning iyunida oynalari qoraytirilgan, “nam asfalt” rangli yengil “Ford” avtomobilida IIV yerto‘lasiga olib ketishadi. U Karimovdan ...
30 iyun 2021
Tojikiston tomoni “Tolibon” ta'qibidan qochayotgan afg‘on harbiylariga boshpana taklif etmoqda, ammo O‘zbekiston rasmiylari bu borada qattiqroq pozitsiyada turibdi.  Ikki ...
28 oktyabr 2020
Rassom Tuz
10 aprel 2018
O‘zbekiston prezidentining baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorining ijrosi bosh vazir Aripov, bosh prokuror Murodov va ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...