Asosiy mavzular
29 yanvar 2020

Xitoyning Uxan shahridagi 30 o‘zbek talaba karantin bois O‘zbekistonga qayta olmayapti

Bosh vazir Abdulla Aripov 28 yanvar kuni koronavirus xatari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Har bir idora va tashkilotlar, shu jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Chegara qo‘shinlariga topshiriqlar berildi.

Ammo «Eltuz» suhbatlashgan vrachlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusni aniqlaydigan proba uskunalari mavjud emas.

Ayni paytda bu xatarli virus Xitoy Xalq Respublikasidan boshqa hududlarga ham yoyila boshladi.

29 yanvar kuni Yaqin Sharqda ilk bora koronavirusga chalingan xasta qayd qilindi. BAA Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasining Uxan shahrida qarindoshlari bo‘lgan oila a'zosi koronavirusga chalingan.

Shuningdek, Gonkong, Makao, Tayvan, Avstraliya, Vetnam, Kanada, Malayziya, Nepal, Singapur, AQSh, Tailand, Frantsiya, Janubiy Koreya va Yaponiyada ham koronavirusga chalinganlar aniqlandi.

29 yanvarga kelib, koronavirusning 2019-nCoV shaklini yuqtirganlar soni dunyoda 6000 kishidan oshdi. Bu kasaldan o‘lganlar soni, 29 yanvar kungi ma'lumotga ko‘ra, 132 kishini tashkil qilgan va ularning hammasi XXR turg‘unlari.

Germaniyada ham Xitoy virusiga uch kishi chalingani ma'lum bo‘ldi. Ulardan biri – Germaniyaning Myunxen shahrida yashovchi 32 yashar nemis Shanxaydan kelgan tanishi bilan ko‘rishgan chog‘ida kasal yuqtiribdi. Hozir uni karantin boksga olishgan.

Mayli, Germaniya epini qiladi. Mabodo Xitoyning Uxan shahridagi 30 nafar o‘zbekistonlik talaba yurtga qaytilsa va ular orasida kasallar bo‘lsa, buning oqibatini O‘zbekiston tibbiyoti eplay oladimi? Xitoy virusi inkubatsiya muddati ikki hafta.

Hozirgacha fanga noma'lum bo‘lgan koronavirus shamollash va yo‘tal simptomlarini o‘z ichiga olgan o‘tkir nafas yo‘li infektsiyasini keltirib chiqaradi.

Virusdan muolaja usuli yoki emlash vositasi hozircha mavjud emas.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 fevral 2021
Bu O‘zbekiston. Mana bu esa uning musaffo osmoni. Bu oldingi o‘zbek ayollari,ular uchtadan tug‘ardi. Hozir bu bolalar Rossiyada. “Mening ...
23 dekabr 2019
Taniqli siyosatchi va shoir Muhammad Solih “Begona” filmining 9-qismida prezident saylovida muxolifidan ko‘proq ovoz qozongani bois, saylov natijalarini soxtalashtirishga ...
22 oktyabr 2023
Eltuz portaliga kelgan so‘nggi beshta shikoyat xatini o‘qib eshittiramiz. Ular O‘zbekistonning Samarqand, Toshkent, Qashqadaryo, Andijon Xorazm viloyatlaridan kelgan. Dastlab ...
10 oktyabr 2022
Samarqand shahrida yashovchi Safarov Aminjonni bolg‘a va tesha bilan urib o‘ldirib murdasini uning Spark avtomobiliga qo‘shib yoqib yuborgan jomboylik ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...