Asosiy mavzular
12 fevral 2020

Rossiya foydasiga ishlagani iddao qilingan o‘zbek generali davlatga xiyonatda ayblandi

Toshkent harbiy mahkamasi sobiq mulozim Rafiq Sayfulin va O‘zbekiston qurolli kuchlari birlashgan shtabi boshqarma boshlig‘i Akbar Yorboboevni davlatga xoinlik qilishda ayblamoqda. Bu haqda «Ozodlik» radiosi ma'lum qildi.

Sud ishi o‘tayotganini O‘zbekiston Oliy sudi matbuot kotibi Aziz Obidov «Bi-bi-si»ning Toshkentdagi muxbiriga tasdiqladi.

«Eltuz» muxbiri qamalganlarning yaqinlari bilan gaplashdi.

Ularning aytishicha, o‘ndan ziyod polkovnik va general rutbasidagi harbiy 2019 yilning iyul oyida “Rossiya foydasini ko‘zlab davlatga xoinlik qilganlikda” ayblangan.

Ular orasida iste'fodagi podpolkovnik, O‘zbekiston Mudofaa vazirligining “Vatanparvar” gazetasi muxbiri Vladimir Kaloshin ham bor.

Akbar Yorboboevning akasi, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yashaydigan Aleksey Yorboboev «Surrent time» ko‘rsatuviga bergan intervyusida ukasining aybsizligini iddao qildi.

«Biz advokat bilan shartnoma tuzganmiz, lekin uni sud zaliga kiritishmadi, shu bois biz bu haqda hech narsa bilmaymiz. Faqat taxmin qilishimiz mumkin, bu uning kasbi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Biz bu borada hech qachon gaplashmaganmiz. Avval boshidan u harbiy uchuvchi bo‘lgan, harbiy qismlarda xizmat qilgan. Men hatto uning qanday lavozimda ishlagani haqida bilmayman. Shuning uchun men uni provokatsiya ostida qoldirmaslik uchun uning ishi haqida gaplashmaganmiz.

Garchi biz hamisha aloqada bo‘lganmiz. Biz har kuni ertalab ijtimoiy tarmoqlar orqali bog‘langanmiz, bir-birimizga xayrli kun tilaganmiz, keyin kechasi bog‘lanib bolalari haqida so‘raganmiz.

Uning oilasi odatdagi o‘zbek oilalari kabi katta. Qaysi xizmatda ishlashidan kelib chiqib, ishiga oid jihatlarni muhokama etmaganmiz.»

Yorboboev 1986 yili Volgograd (Rossiya)dagi Kachinsk harbiy uchuvchilar oliy maktabini tugatgan. 1993 yildan boshlab O‘zbekiston qurolli kuchlari safida ishlay boshlagan. Ikkita farzandi bor.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 oktyabr 2017
3 oktyabr kuni, o‘n yildan ortiq hibsda saqlangan sobiq inson huquqlari faoli 38 yashar A'zam Farmonov qamoqdan ozod etildi. ...
11 iyun 2019
Rassom Kirpieltuz.com
2 may 2023
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 30 aprel kuni kechqurun Turkiya razvedka kuchlari tomonidan “Islomiy davlat” guruhi yetakchisi Abulhusayn Al-Qurayshiy ...
20 aprel 2016
Xususan, «XXI asr» gazetasining yozishicha, 2015 yilda O‘zbekiston bank tizimining jami kapitali 2014 yilga nisbatan 23,3 foiz ko‘payib, 7,7 ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...