Asosiy mavzular
3 mart 2020

Co‘kong‘ich rahbarlar safidagi Mirishkor tumani hokimi

Yig‘ilishda Qashqadaryoning Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovning o‘z qo‘l ostidagilarni va yig‘ilish ishtirokchilarini uyat so‘zlar bilan haqorat qilgani va urgani audiosi 2 mart kuni ijtimoiy media orqali tarqaldi.

Tarmoq orqali “Eltuz”ga yetib kelgan audioda tuman hokimining ikki yarim minut davomida kurakda turmaydigan so‘zlarni muttasil aytib so‘kayotgani, urayotganini eshitish mumkin.

Mirziyoev iqtidorga kelgan so‘nggi uch yil ichida hokimlarning o‘z qo‘li ostidagilarni haqoratlashi va kaltaklashi O‘zbekistonda doimiy kuzatilayotgan holatga aylandi.

Bundan avval maktab o‘qituvchilarini “hayvon”, “shoqol”, “eshshak”, “gadoy” deb so‘kkan Andijon shahri hokimi Dilmurod Rahmatullaev tarmoqda “mashhur” bo‘lgan edi.

Shuningdek, “Eltuz” 2019 yilning yanvarida Olot tumani hokimi Sherali Salomovning fermer Do‘stmatovni kaltaklagani va “jamoat ehtiyojlari” uchun 25 million so‘m mablag‘ o‘tkazib berishga majburlagani haqida xabar bergan edi.

2016 yilning oktyabrida esa fermerlar ko‘zi o‘ngida paxtani oz tergani uchun ma'naviyat darsi o‘qituvchisini kaltaklagan va uyat so‘zlar bilan haqoratlagan Qashqadaryoning Nishon tumani hokimi Asror Jo‘raev haqida gap-so‘zlar urchigandi.

Eslatib o‘tamiz, tuman hokimlari haqoratlari yangrayotgan Qashqadaryo viloyatiga yaqin o‘tmishda ayni xulqi, aniqrog‘i, fermerlarni suvga bo‘ktirib sazoyi qilgani uchun tarmoqda mashhur bo‘lgan bosh vazirning sobiq o‘rinbosari Zoyir Mirzaev hokim etib tayinlangan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 mart 2016
Manzura Instagramdagi shaxsiy sahifasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘tkazilayotgan ...
26 mart 2020
«Vaqt mashinasi» rukni ostidagi bugungi hikoyamiz Rossiya istibdodi ostidagi Turkistonda ijtimoiy tanglik hukmron bo‘lgan davr – o‘tgan asr boshlarida ...
29 aprel 2021
Feminizm deya og‘izlaringning ikki chetida tupuk yaltirab tirjayasizlar, o‘zlaringcha iyaklaringni ko‘tarib kinoya qilasizlar, go‘yo bizning jamiyatda qiz-ayollar tamom erkindek. ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...