Asosiy mavzular
5 aprel 2020

5 aprel – O‘zbekistonda Davlat xavfsizlik xizmati kuni

Chor davrida oxranka, sovet davrida ChK, GPU, NKVD, KGB, mustaqillik davrida esa SNB asosan millat manfatiga zarar keltirdi va oydinlarni qirib, o‘zidan yomon va mudhish nom qoldirdi.

Ammo davlat va millat bor ekan, uning manfaatlarini shovinizm, imperializm changalidan hamda ekstremist, dindor guruh va to‘dalardan himoya qilishga zarurat doimo bo‘ladi.

Britaniya bosh vaziri Benjamin Dizraeli 1868 yilda yozganidek, davlatning doimiy do‘st yoki dushmanlari yo‘q, ammo davlatning doimiy manfaatlari bor.

Oradan 150 yil o‘tsa ham bu gap o‘z dolzarbligini yo‘qotmadi.

Afsus, bundan 150 yil oldin Turkiston xonlari bu gapni tushunadigan darajada ong va zakovatdan mosuvo edi.

Ko‘zbo‘yamachilik, johillik, dabdababozlik, nepotizm va korruptsiya ulardan bizgacha yetib kelgan kir meros.

Davlat va millat manfatlarini esa qurollangan armiya, tashqi va ichki razvedka, kontrazvedka hamda xavfsizlik idoralari himoya qiladi.

Bu aslida sharafli maslak. Vatan va millat manfaatini himoya qilishdan ko‘ra yaxshiroq xizmat yo‘q.

O‘zbekiston davlat xavfsizlik tizimi Turkiyaning MIT (Milliy istixborat tashkiloti) yoki Isroilning MOSSADi kabi kuchli va faqat millat manfaatini ko‘zlaydigan tuzuk bo‘lishini orzu qilaman.

5 aprel – O‘zbekistonda Davlat xavfsizlik xizmati kuni.

Bayramingiz muborak bo‘lsin! Kasal bo‘lmang!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
5 dekabr 2023
Navoiy kon-metallurgiya kombinati aktsiyadorlik jamiyatiga qarashli “Zarmitan” oltin qazib olish konida oqibati o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar soni yana ...
21 may 2021
“Abdulla G‘arib prodakshn”, rassom Elsevar, rassom Tuz va “Eltuz” yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining olinchi qismini taqdim etadi. ...
5 avgust 2020
O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan diniy soha vakillariga 150 milliard so‘m pul ajratildi. Farmonda aytilishicha, bundan maqsad «diniy sohada xizmat ...
19 oktyabr 2017
Frantsiyaning Mediapart internet nashri tomonidan qo‘lga kiritilgan va European Investigative Collaborations (EIC) konsortsiumidagi hamkasblariga taqdim etilgan maxfiy ma'lumotlar O‘zbekistonning ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...