Asosiy mavzular
5 may 2024

Andijon shahar hokimi tadbirkor mulkini tortib olmoqchimi?

Andijon shahar hokimi G‘ofur Abdurahmonov o‘z lavozimi va davlat amaldorlarga qarindoshligiga ishonib tadbirkorning mulkini «ko‘cha» uslubida tortib olmoqda. 

«Malika Lyuks» MChJ 2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, gavjum nuqtada aholiga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi muvaffaqiyatli tadbirkorlik ob'ekti. Tadbirkor …….ning soliqdan qarzi yo‘q, yerga egalik huquqi qonunan tasdiqlangan. Kadastr hujjati ham mavjud. 

Biroq Andijon shahar hokimi G‘ofur Abdurahmonov uchun qonunning so‘zi bir chaqaga qimmat. Bir tomondan sobiq Milliy Havfsizlik Xizmati rahbari Rustam Inoyatovning qudasi, boshqa tomondan Davlat Soliq qo‘mitasi sobiq raisi Botir Raxmatovich Parpievga jiyan bo‘lgan bu «ko‘cha» hokim «Malika Lyuks» MChJga bosim bilan zo‘rlik qilib yerni tortib olmoqchi. 

Videolarda tadbirkor «Men qonunan hamma talablarga javob bera olaman, hokim bilan sudlasha olaman, faoliyatim qonuniy» desa hokim unga «do‘koningni yoptirib yuboraman» deb go‘ddayadi. Yana bir tasvirda hokim sal pastga tushib «qonun ustuvor», «sudlasha olasiz to‘g‘ri, lekin savdolashaylik» degani aniq eshitildi. 

Kazo-kazolarga qarindosh, amal otiga o‘tirib davr surayotgan Andijon shahar hokimi bir tadbirkorning kichik mulkiga qarab qoldimi? Tadbirkor 14 yil davomida ishlab, halol mehnati bilan ishini rivojlantirsayu bir zo‘ravon hokim bir kunda barini vayron qilaman desa – bu qanday mantiqqa asoslanadi? Demak, qonun ustuvor Yangi O‘zbekistonda Andijon shahar hokimi G‘ofur Abdurahmonovning so‘zi qonundan ham ustun. 

Andijon hokimi o‘z qo‘lida hech qanday hujjat yoki sud qarori yo‘q holda Tadbirkorga mulk hujjating yo‘q deya ochiqcha tuxmat qilib binolarni buzdirmoqchi. Tadbirkor O‘zbekiston fuqarosi, Andijon hokimi o‘z vatandoshiga reyderlik qilib turgach, chet eldan investor kelarmidi?

Tag‘in o‘qing
16 iyul 2016
Askar chekila boshladi… – Xo‘p, nima bo‘ldi? – Suriyaliklarga vatandoshlik masalasi kun tartibidan tushdi… – Erdo‘g‘anni oliy ma'lumot olmagani ...
8 oktyabr 2022
Qizlar ro‘mollarini yechib, havoga silkitib, ularni tinchlantirish uchun kelgan davlat amaldorlariga norozilik bildirishmoqda. Eron shahar maydonlarida paranjilar, hijoblar yechilib, ...
30 yanvar 2022
(Rassom Tuz hikoyalari. Davomi, boshi o‘tgan sonlarda) Kim ko‘p go‘sht yeydi? Bo‘riimi yo Xolli? Qarzdan qutulgan Xolli avvalgiday elektrosetda ...
21 aprel 2017
O‘zbek nashrlari barcha savdo sub'ektlarida kassa apparati joriy etilishi haqidagi prezident qarori ijrosi haqida yozarkan, tadbirkorlar va banklar o‘rtasidagi ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...