Asosiy mavzular
11 yanvar 2021

Xongulni maoshi kamlar so‘yib yedimi?

Surxondaryoda hayvonot bog‘i xodimlari kiyik go‘shtini Yangi yil dasturxoniga tortmoqchi bo‘lishgani borasidagi ayblovlarni Termiz shahri prokuraturasi o‘rganmoqda. 

Prokuratura “Eltuz” muxbiriga Termiz shahridagi markaziy hayvonot bog‘ida kiyiklar 2020 yil 27 dekabrda so‘yilish oqibatida o‘lganini ma'lum qildi. 

Hayvonot bog‘i direktori Shuhrat Shaydullaev “Eltuz” bilan suhbatda bu voqea yuz berganida mehnat ta'tilida bo‘lgani, ishni o‘rganish uchun shahar prokuraturasiga o‘zi tashabbus bilan chiqqanini bildirdi.

– Avval hayvonot bog‘imizda bunday voqea kuzatilmagan, – dedi Shuhrat Shaydullaev. – Aybdorlar jazosini oladi. Men xodimlarimni ayblamoqchi emasman. Ularning aytishicha, kiyiklar bosh qismidan jarohat yegan va o‘lgan. So‘ng ularni yirtqich hayvonlarga berish maqsadida so‘yishgan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan iddaolarga ko‘ra, bloger va hayvonot bog‘i atrofida istiqomat qiluvchi aholidan bog‘ rahbariyati ortiqcha ovoza qilmaslikni va kelishishni so‘ragan.

Ammo hayvonot bog‘i hisobchisi Husan Hayitov bu iddaolarni rad etar ekan, hozir voqeani ekspertlar o‘rganayotgani va vaziyatga to‘liq baho berilishini ma'lum qildi.

Nobud bo‘lgan jonzotlar xongul kiyigi bo‘lib, O‘zbekistonda noyob hayvonlardan hisoblanadi. U “Qizil kitob”ga kiritilgan. Ko‘payishi qiyin, terisi mayin va ko‘zlari chiroyli bo‘lgani uchun ham boshqa kiyik turlariga nisbatan noyobdir. Tanasida oq dog‘lari bo‘ladi. 

Termiz shahridagi hayvonot bog‘ida 150 ga yaqin hayvon mavjud bo‘lib, ularning 30  tasi noyob sanaladi.

Noyabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahridagi hayvonot bog‘ining ham noyob hayvonlari o‘lgani haqida xabar tarqalgan endi. Mutasaddilar bu voqea qarovsizlik natijasida ro‘y bergani, maosh kamligi sabab ishchilarning aksariyati ishdan bo‘shab ketgani bilan izohlagan edi.

Tag‘in o‘qing
5 sentyabr 2023
Kaliningradda otboqar bo‘lib ishlaydigan Samandar ismli o‘zbek voyaga yetmagan o‘ris qizni olib qochib uyiga oborib boylab qo‘ydi. Qiz qutqarildi. ...
10 mart 2017
O‘zbekiston Prezidentining qaroriga ko‘ra, 1 martdan O‘zbekistondagi chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi barcha tadbirkorlik sub'ektlarida kassa apparatlarining bo‘lishi ...
10 aprel 2018
10 aprel kuni ijtimoiy tarmoqda O‘zbekiston va Tojikiston davlat bayroqlari ramzi tushirilgan, tojik tilida «Xalqlar do‘stligi arog‘i» – «Araqi ...
1 noyabr 2021
Rassom Kirpi
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...