• Foto: Fergana/Temur Karpov
Asosiy mavzular
29 mart 2021

Bloger Miraziz Bozorov Toshkentda qattiq kaltaklab ketildi

«Fergana» agentligining yozishicha, ko‘p masalalarda o‘zbek rasmiylarini tanqid qilgan toshkentlik bloger Miraziz Bazarov 28 mart, yakshanba kuni kechqurun o‘z uyi oldida qattiq kaltaklangan, ayni paytda u og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

«U o‘z uyiga pod'ezddan kirayotgan paytda qandaydir mashina kelib, undan uch nafar niqobli kishi tushib, biri beysbol tayoqchasi bilan uni kaltaklay boshladi», deydi voqea guvohi “Fergana”ga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kaltaklash taxminan uch daqiqa davom etib, shu vaqt ichida hujumchilar Mirazizga ko‘plab zarbalar berishgan.

«Fergana» agentligi Toshkentdagi travmatologiya kasalxonasi shifokorlari ma'lumotlariga tayanib, Miraziz Bozorov ichki organlar shikastlanishi, katta boldir suyagining ochiq sinib siljishi, oyoq terisi yirtilishi va bosh miya chayqalishi jarohatlarini olganini bildiradi. U o‘z hushida. Ayni paytda tibbiyot xodimlari unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishib, faolni boshqa kasalxonaga ko‘chirishga tayyorlanishmoqda.

Ehtimol, Mirazizga neyroxirurg yordami kerak bo‘ladi.

Hozircha hujum bo‘yicha rasmiy izohlar berilmagan. «Fergana» nashri, shuningdek, bugun tushdan keyin noma'lum shaxslar bloger ortidan poylashganini yozgan.

Miraziz Bozorov “Kanal Bazarova” telegram kanalini boshqaradi. Xususan, u bir necha bor gomoseksuallarni qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekistonda besoqolbozlik uchun jinoiy jazoni bekor qilish haqida gapirgan.

E'tiborli tomoni shundaki, bugun ijtimoiy tarmoqlarda noma'lum shaxslarning Toshkent markazidagi yo‘l bo‘ylab piyoda yurib,  «Alloh Akbar!» shiorini baqirib aytgan beruxsat chiqishlari lahzalari aks ettirilgan video tarqaldi.

«Video mualliflari parkda LGBT jamoasiga qarshi miting bo‘lib o‘tayotganini va bunga 26 mart kuni bo‘lib o‘tgan anime muxlislari uchrashuvi sabab bo‘lganini, namoyishchilar o‘zlari bilmagan holda jinsiy ozchiliklar vakillarini noto‘g‘ri talqin etganini da'vo qilishdi», deya yozadi «Fergana» rasmiy nashrlardan iqtibos keltirib.

«Fergana» nashri, shuningdek, Toshkent shahri IIBB ma'lumotlaridan iqtibos keltirib, bir guruh fuqarolar T.S. ismli  yigit va B.R. ismli qizni LGBT faollari deb gumonlab, ularni urishga harakat qilgani haqida yozadi.

“Ushbu fuqarolarga 20-25 nafar boshqa shaxs qo‘shilib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, bezorilik harakatlarini sodir etishgan. Voqea joyida xizmat qilayotgan Toshkent shahri IIBB va Milliy gvardiya xodimlarining aralashuvi bilan T.S. va B.R. himoya qilinib, ularga tan jarohati yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining hamkorlikdagi chora-tadbirlari natijasida nizo ommalashib ketishi, shuningdek, boshqa og‘irroq oqibatlarning oldi olindi hamda hech kimga shikast yetmadi”, deyiladi Toshkent shahri IIBB xabarida.

Shuningdek, O‘zbekiston IIV Axborot xizmati 29 mart kuni kaltaklangan faol Miraziz Bozorov ayblangan videoni tarqatdi.

“Oxirgi kunlarda Miraziz Bozorov ismli fuqaro o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida Toshkent shahridagi Xasti imom masjidi va Amir Temur xiyoboni oldida noan'anaviy jinsiy qarashga ega shaxslar tomonidan ommaviy namoyishlar o‘tkazish bo‘yicha chaqiriqlar bilan chiqqan”, deyiladi IIV Axborot xizmati videosida.

“Natijada joriy yilning 28 mart kuni uning nomaqbul chaqiriqlarini o‘zlariga haqorat deb hisoblagan bir guruh fuqarolarimiz bu holat yuzasidan o‘z fikr va qarashlarini bildirish maqsadida Toshkent shahri Amir Temur xiyoboniga to‘planganlar. Buning oqibatida mazkur shaxslar tomonidan ommaviy tartibsizlik sodir etilib, jamoat xavfsizligiga putur yetkazilgani” aytiladi videoda.

Rasmiy video davomida IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan bu shaxslar an'anaviy tarzda “gapirtiriladi” va ular tilidan Bozorovning harakatlari “fitnalarga aldanish kerak emas ekan”, deya qoralanadi.

Tag‘in o‘qing
21 fevral 2021
Turkmanistonda 14 yoshli dzyudochi Sulaymon Tursunboev jangda prezidentning qarindoshiga «yutqazib berish»dan bosh tortgani uchun o‘ldirildi. Fojea fevral oyining boshlarida ...
21 iyun 2020
(bo‘lgan voqea) Tarjimon sifatida Rossiyaning militsiya bo‘limlaridan biriga chaqirishgan edi. Bo‘limda jinoyatchi sifatida gumon qilingan shaxslar vaqtincha ushlab turilardi. ...
20 iyun 2018
Ayrim nashrlar marhum prezidentning korruptsioner qizi Gulnora Karimovaning Shveytsariya banklarida muzlatilgan pullarni O‘zbekiston hukumatiga qaytarish masalasi «ijobiy hal bo‘layotgani» ...
5 aprel 2016
3 aprel kuni O‘ktam Pardaev uyining darvozasi oldida, oq rangdagi, nomeri 25 B 239 BA bo‘lgan «Jiguli» rusumidagi avtomobil ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...