Asosiy mavzular
4 aprel 2021

“Erk” partiyasi Xidirnazar Allaqulovga qilinayotgan tazyiqlarni qoraladi

O‘zbekiston tarixida ilk ro‘yxatga olingan muxolifatdagi «Erk» demokratik partiyasi Xidirnazar Allaqulov rahbarligida ta'sis etilgan yangi sotsial-demokratik partiyaga qarshi tazyiq va bosimlarni qoralab chiqdi.

O‘zbekiston «Erk» demokratik partiyasi bosh kotibi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Isobek joriy yilning 3 aprel kuni imzolagan bildirishda “yangi qurilayotgan partiyalar ro‘yxatga olinmayotgani, ularga qarshi zo‘ravonlik ishlatilib, konstitutsion huquqlari toptalayotgani” ta'kidlanadi.

“Erk” partiyasi yangi ta'sis etilgan sotsial-demokratik partiyaga qarshi hukumat tarafidan bo‘layotgan jirkanch tazyiqlarni keskin qoralaydi va bu tashkilotdagi vatanini sevgan insonlar bilan birdamligini bildiradi”, deyiladi bayonotda.

Bildirish matnida “Erk” partiyasi ham 2021 yilgi prezident saylovida ishtirok etajagi aytilgan: “Bu og‘ir siyosiy vaziyatda «Erk» partiyasi o‘z xalqi bilan hamdarddir. Shu maqsadda yaqinlashib kelayotgan prezident saylovida «Erk» partiyasi o‘z nomzodi bilan qatnashish rejasini tuzmoqda».

Bildirish matnida ta'kidlanishicha, sobiq xonanda Jahongir Otajonov “Erk” partiyasiga a'zo bo‘lib, saylovda qatnashish istagini bildirgan:

“Hozirda partiya markaziy kengashi nomiga nomzodlik istagi bilan kelgan arizalar ichida so‘nggi oylarda o‘zining siyosiy bayonotlari bilan diqqat qozongan xonanda Jahongir Otajon ham bor. Bir necha kun ichida «Erk» partiyasi prezident saylovida o‘z nomzodini e'lon qiladi”.

O‘zbekistonda 80-yillar oxirida «Birlik» xalq harakati, «Erk» demokratik partiyasi kabi muxolif siyosiy tashkilotlar o‘rtaga chiqqandi. 1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – “Erk”ning ta'sis qurultoyi bo‘lib o‘tgan edi.

1992 yilgi prezident saylovida «Erk» partiyasi raisi Muhammad Solih prezidentlikka nomzod sifatida 12 foiz ovoz olgani rasman aytilgandi. Ammo ayni saylovda hukumat mulozimi sifatida ishlagan Sharof Ubaydullaev 2021 yilda «Ozodlik» radiosi orqali chiqish qilib, Muhammad Solihning saylovda yutgani, ammo saylov natijalari Karimov foydasiga soxtalashtirilganii aytgan edi. 1992 yilgi saylovdan keyin muxolifat liderlari birin-ketin xorijga ketishga majbur bo‘lgandi.

eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 mart 2024
Salom qadrli muxlislar Eltuzga kelayotgan so‘nggi beshta maktubni o‘qib eshittiramiz. Ular O‘zbekistonning Namangan, Toshkent, Jizzax, Buxoro va Xorazm viloyatlaridan ...
20 noyabr 2020
“Eltuz” ga yaqin va bir-biridan mustaqil manbalarining shu haftada yetkazgan xabarlariga ko‘ra, o‘tgan haftada Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) Oliy ...
10 dekabr 2018
O‘zbek matbuoti chop etayotgan maqolalarga ishonilsa, endi hamma g‘allasini davlatga topshirishga majbur bo‘ladigan dehqonning boshiga “baxt qushi” qo‘ngan. Mahalliy ...
28 sentyabr 2020
Vatanparvar yurtdoshimiz Aminboy Qodirov 27 sentyabr kuni Urganchning G‘oybu qishlog‘ida 81 yoshida olamdan o‘tdi. U hali SSSR bor paytda ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...