chorshanba,
18 dekabr 2024
17 mart 2022
Namanganlik soliqchi Eltuzga raddiya bildirdi
O‘zini Namangan shahri davlat soliq inspektsiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi deb tanishtirgan Ayubxon G‘aybullaev “Eltuz” saytida joriy yil 16 martda e'lon qilingan “Eltuz”ga maktub: Namangandagi soliq amaldorlarining korruptsion jinoyatlari haqida” sarlavhali maqolaga raddiya berdi.
U raddiyada mazkur maqoladagi o‘ziga oid “so‘zlar yolg‘onu bo‘htonlardan boshqa narsa emas”ligini bildirib, buni: “…shu kanalga maktub yuborgan deya ma'lum qilingan xodim o‘z ismi oshkor etilishini istamasligidan ham ko‘rish mumkin”, deya izohlagan.
Shu sababli Ayubxon G‘aybullaev “aziz vatandoshlar”dan ushbu xodimning o‘zi haqidagi “yolg‘onu bo‘htonlardan iborat negativ so‘zlariga ishonmaslik”ni so‘ragan.
eltuz.com