Asosiy mavzular
14 aprel 2022

Qarshi shahar hokimligidagi jinoiy ish sudga oshirildi

2022 yil 1 aprel kuni Qarshi shahar hokimi Xolboev Normo‘min Yaxshievich IIB xodimlari tomonidan hibsga olinib, jinoiy ish ochildi. Bundan tashqari xokimlik qurilish bo‘limiga aloqador 7 mulozim  ham qo‘lga olingan. Bu haqdagi xabar Eltuzga Qarshi shahar IIO FMB bo‘limidan yetib keldi.

Eltuzda mavjud ma'lumotga ko‘ra¸ Qarshi shahar hokimligi, Kadastrlar palatasi viloyat boshqarmasi va Qurilish bo‘limining 7 nafar xodimi qonunga zid ravishda 318 ta holatda 105 gektar yerni auktsionsiz berib yuborgani aniqlandi. Ushbu yer maydonlarining bozordagi bahosi 156,4 mlrd so‘mni tashkil qiladi. Gumondorlarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga yuborilgan.

Eltuz tasarrufidagi hujjatlarga ko‘ra, shahar hokimi Xolboev bilan birga ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan uning sheriklari orasida Qarshi shahar hokimligi huzuridagi yer uchastkalariga egalik qilish, floydalanish va ijaraga berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish doimiy komissiyasi raisi G‘. Sultonov, mavsumiy ishchi  Fozilov Jamshid G‘ayratovich va boshqalar bor.

Shuningdek bildirilishicha ular “oldindan til biriktirib, bir guruhga birlashib, ish faoliyati davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.04.2018 yildagi “Tadbirkorlik shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish tartibini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3677-sonli qarorining 1-bandida ko‘rsatilgan 01.07.2018 yildan boshlab yuridik va jismoniy shaxslarg tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish” qoidalarini buzishgan.  

“Yer uchastkalarini  doimiy foydalanishga berish “Ye-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron auktsion orqali amalga oshirish belgilangan bo‘lsada, bu normani qasddan buzib, yer uchastkasiga talabgor jismoniy va yuridik shaxslarga auktsion savdosida qatnashish imkoniyatini yaratib bermasdan, jami 280 xolatda 1.042.04 kv.metr bahosi 153 mlrd. so‘mlik yer maydonlarini belgilangan tartibda auktsion savdosiga chiqarmasdan, jismoniy va yuridik shaxslarga to‘g‘ridan to‘g‘ri doimiy foydalanish uchun ajratib berib yuborganligi aniqlangan”, deyiladi jumladan Eltuzga yetib kelgan hujjat nushasida.
Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Prokuraturasi tomonidan 31 mart kuni ochilgan O‘zR JKning 205-moddasi 2-qismi “a” bandi bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi Qashqadaryo viloyat sudiga o‘tkazildi.

PS: Shoshilinch xabar Eltuzda e'lon qilingach, 14 aprel kuni Qarshi shahrining sobiq va amaldagi hokimlari qamoqqa olinganligi» haqidagi ma'lumotlar yuzasidan Ichki ishlar raddiya berdi: «Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Qarshi shahrining sobiq hokimi Fozilov va amaldagi hokim Xolboevlar ayblanuvchi sifatida jalb qilinmagan. Viloyat prokuraturasi tomonidan yer talon-torojliklari holatlari bo‘yicha xizmat soxtakorligiga yo‘l qo‘ygan kadastr, qurilish bo‘limi, shahar hokimligi sobiq yuristlari – jami 7 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 205, 206, 209, 229-4-moddalari bilan ayblanib, jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilgan».

Eltuz.com

      
Tag‘in o‘qing
18 aprel 2017
Davriy nashrlarga obuna ixtiyoriy ekani aytib kelinadigan O‘zbekistonda chiqadigan gazetalardagi maqolalardan aslida buning aksi ekani ko‘rinadi. Ayni muammo Jizzax ...
30 mart 2021
Muzrabot tumanidagi sudda ayon bo‘lishicha, termizlik 41 yoshli bloger Sattoriy yillar davomida barcha mulozimlarga dahshat solib kelgan. «Eltuz» rassomi ...
5 oktyabr 2023
XIX asr o‘rtalariga kelib Turkistondagi uch mamlakat – Qo‘qon, Xiva va Buxoro xonliklarini uch yirik imperiya – Buyuk Britaniya, ...
25 sentyabr 2017
25 sentyabr kuni «Eltuz» muxbirining Andijondan xabar berishiga ko‘ra, o‘qituvchilarning terimdan qaytarilishi ortidan paxta uchun pul yig‘ib olinmoqda. Andijon ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...