Asosiy mavzular
24 iyun 2022

G‘uzorda ikki nafar bola vafot etdi, SSV kasallikni aniqlay olmayapti

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida 2 nafar bola noma'lum kasallik sabab vafot etdi. “Xalq so‘zi” gazetasi jurnalisti Fazliddin Abilovning “Eltuz”ga ma'lum qilishicha, vafot etgan bolalar6 yoshli qizaloq va 3 yoshli o‘g‘il bola uning jiyanlaridir. Mahallada istiqomat qiluvchi o‘nlab bolalarning ham ahvoli og‘ir. Isitmalashyapti, badanlariga toshmalar toshgan.

Bolalardagi ushbu noma'lum kasallik simtomlari ikki kun oldin, ya'ni 22 iyun sanasidan boshlab kuzatila boshlagan. Natijada 23 iyunda 3 yoshli bolakay, 24 iyunda esa 6 yoshli qizaloq vafot etgan.

Jurnalist kuni kecha G‘uzordagi holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga ma'lumot bergan. Uning iddaolariga ko‘ra, vazirlik bunga sovuqqonlik bilan yondoshgan.

«Vazirlikka 23 iyun kuni kunduzi holatni ma'lum qildik, ular kechasi 23.00 da bayonot berishdi», –deydi F. Abilov. Bayonotda holatni o‘rganish uchun bir guruh malakali profesor va shifokorlardan tuzilgan brigada G‘uzorga yuborilgani aytilgan.

«Ular yetib borgunga qadar tongda yana bir jiyanim olamdan o‘tdi. Ularning borgan yoki bormaganini aniq bilmayman. Eshitishimcha, mutaxassislar bemor bolalarni emas, G‘uzordagi tibbiyot muassasalarni tekshirayotgan ekan. 24 iyun tongda vafot etgan qizaloqni ekspertizaga olib ketish uchun maxsus mashina kelgan. Ammo u ham yarim yo‘lda yoqilg‘isi yo‘qligi tufayli o‘chib qolgan. Jiyanimning o‘ligi ham hor bo‘lyapti. Bu tizimning egasi bormi, bu davlatda insonlar xor bo‘lib o‘lib ketaveradimi?» deydi Abilov.

SSV matbuot xizmati “Eltuz” ga vazirlik telegram kanalida holat yuzasidan batafsil ma'lumot berishini ma'lum qilgan.

“Eltuz” holat bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot olish maqsadida G‘uzor tumani hokimligi mutasaddilari bilan bog‘landi. Ularning aytishicha, bemor bolalar ota-onalarining roziligi bilan Qarshi shahar ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasiga yotqizilgan. G‘uzor tibbiyot birlashmasi xodimlari dastlabki tashxislariga ko‘ra bolalar omikron yoki suvchechak yuqtirib olishgan, deya tahmin qilmoqda. Chunki bolalarda toshma toshgan, ular tinimsiz isitmalagan.

G‘uzor tumaniga yuborilgan brigadada pediatrlar Dilrabo Abdullaeva va Muborak Alixo‘jaevalar ham bor. Ular tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib turibdi. Hali biror narsa aniqlashmagan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 oktyabr 2023
Myunxen atrofidagi uylarda va Bavariyaning Rottax-Egern kommunasidagi villada o‘tkazilgan tintuvlar paytida narxi 140 ming yevrolik Mercedes Maybach S500, 180 ...
16 noyabr 2015
Bu muammo O‘zbekistonning qo‘shni Afg‘onistonga elektr eksport qiluvchi hududlarni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q. O‘zbekistondagi elektr o‘chishi bilan bog‘liq azaliy ...
12 dekabr 2016
Chilonzor tumani “Tinchlik” masjidining imom xatibi Shermurod Tog‘ay (Alisher domla) o‘zining Facebook dagi sahifasida o‘zbek pop musiqachisi 30 yashar ...
25 avgust 2016
Prezident farmonida, 2016 yilning 1 oktyabridan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...