Anons
23 oktyabr 2023

Taniqli huquq faoli Umida Niyozovaning onasi vafot etdi

22 oktyabr kuni Uzbek forum rahbari Umida Niyozovaning onasi Sojida Jalolova 78 yoshida  olamdan o‘tdi. Marhuma Sojida Jamolova Sharqiy Turkiston inqilobiy respublikasining ilk prezidenti Alixon To‘ra Sog‘uniyning akasi Obidxon to‘raning nevarasidir.

«Onam dono ayol edilar. Gumanist, xarakterlari ozgina menga o‘tgan» deya yozdi Umida Niyozova o‘z sahifasida.

Eslatib o‘tamiz Umida Niyozova va uning Uzbek Forum tashkiloti Eltuz nashrining asosiy tashabbuschilaridan biri va yaqin hamkoridir. Aynan Umida Niyozova sa'y harakatlari bilan O‘zbekistonda bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurash sohasida ulkan natijalarga erishilgan.

Eltuz jamosi huquq faolining onasi vafoti munosabati bilan Umida Niyozovaga va uning yaqinlariga chuqur hamdardligini bildiradi.

Tag‘in o‘qing
23 yanvar 2017
Prezident «puf» degandan keyin tadbirkorlar va ishbilarmonlar gazetasi bo‘lmish «XXI asr»ga (19.01) jon kirayotgandek bo‘ldi. Ha yo‘q, be yo‘q, ...
16 sentyabr 2021
O‘zbekistonda turk sarmoyasi asosida ishlaydigan to‘qimachilik shirkatining sobiq rahbari¸ 60 yoshli turk vatandoshi Najat Taylanli “Eltuz” muxbiri bilan suhbatda ...
25 oktyabr 2023
O‘zbek tiliga davlat maqomi berilishi talab qilingan bu kadrlarni mening aziz do‘stim marhum Abdulaziz aka Mahmudov suratga olganida men ...
3 yanvar 2020
Karimov davrida, to‘g‘rirog‘i 1997 yili O‘zbekistonda boshlangan prezident tomonidan yillarni nomlash an'anasi 2020 yilga kelib unutildi. Shavkat Mirziyoev hukumat ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...