Asosiy mavzular
17 dekabr 2023

Klaster «saltanati»dagi fermerning uyushma tuzishga haqqi yo‘qmi?

Klaster «saltanati»dagi fermerning uyushma tuzishga haqqi yo‘qmi?

O‘zbek sudi uyushma tuzgan fermerlarni jazolaydigan klasterning «Ur to‘qmog‘i»mi?

Bu savollar javobini elikqalalik 17 nafar fermer 19 dekabr kuni Nukus sudida ko‘riladigan mahkama jarayonidan kutishmoqda.

Sud fermerlar kooperativ tuzish huquqi buzilgani borasidagi shikoyatini ko‘rib chiqadi. Fermarlar o‘zlarining

«Birlashish huquqini» himoya qiladi deb yozdi Bosh qarorgohi Germaniyaning Berlin shahrida joylashgan “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbek forumi” va “Human Rights Watch”ning 15-dekabr kuni chiqargan qo‘shma matbuot xabarnomasida.

Press relizda yozilishicha¸ Nukus shahridagi sud 2023 yil 19 dekabrda sud qarori bilan yopilgan fermerlar kooperativining shikoyatini ko‘rib chiqadi.

“Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbek forumi” rahbari Umida Niyozovata'kidiga ko‘ra¸ Kooperativning yopilishi xalqaro miqyosda himoyalanadigan uyushmalar va birlashish erkinligi huquqlarini buzadi.

– O‘zbekistonda fermerlarning kooperativlar tashkil etish va faoliyat ko‘rsatish huquqi milliy qonunchilik, mehnat va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro qonunlarda himoyalangan, – deydi “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbek forumi” direktori Umida Niyazova.

“Kooperativ faoliyatiga bunday jiddiy va asossiz aralashuvni hech qanday oqlab bo‘lmaydi, uni yopish to‘g‘risidagi buyruq bekor qilinishi kerak”.

O‘zbekiston shimoli-g‘arbida joylashgan Ellikqal'a tumanidagi 40 dan ortiq fermer “Oltin tola Bo‘ston” kooperativiga birlashdi va 2022 yil fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tdi. Fermerlar paxta xomashyosini davlat siyosatiga muvofiq qandaydir xususiy paxta-to‘qimachilik klasteriga sotish majburiyatidan ko‘ra, o‘z hosilini sotish shartlari ustidan ko‘proq nazorat qilish uchun kooperativ tuzdi, deydi kooperatsiya fermerlaridan biri “O‘zbek forum” va “Human Rights Watch” tashkilotiga.

Ammo 8 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qoraqalpog‘iston Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi kooperativ faoliyatini tugatish to‘g‘risida sudga da'vo arizasi kiritdi. Inspektsiya Prezidentning 4633-sonli farmoniga ko‘ra, klasterlar faoliyat yuritayotgan hududlarda fermer xo‘jaliklari kooperatsiyalari bo‘lishi mumkin emasligi, kooperativ paxta xomashyosini sotish bo‘yicha o‘z shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaganligini da'vo qildi.

Xo‘jalik sudi 1 noyabr kuni kooperativ faoliyatini tugatish to‘g‘risida qaror chiqardi. Sud kooperativlarga klasterlar bilan bir tumanda faoliyat ko‘rsatishga ruxsat berilmasligini tasdiqlab, Ellikqal'a tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining tuman hokimiga 30 avgust kuni yo‘llagan xati asosida kooperativning ombori paxta saqlash bo‘yicha talablarga javob bermasligi haqida qaror chiqargan. Sud kooperativ haqiqatdan ham paxta sotishni Qishloq xo‘jaligi bo‘limida ro‘yxatdan o‘tkazganini tan oldi.

Biroq sud Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va kooperativ o‘rtasida 26 sentyabrda imzolangan, kooperativning kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlari batafsil bayon etilgan va noyabr oyigacha hal qilinmagan masalalarni hal etish muddati ko‘rsatilgan bayonnomani e'tiborsiz qoldirgan ko‘rinadi, deydi kooperativ a'zosi.

9 noyabrdagi sud qaroridan ko‘p o‘tmay, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi kooperativga yo‘llagan xatida barcha masalalar hal etilgani va ombor talablarga javob berganini tasdiqladi.

Prezidentning 4633-sonli farmonida ham, “Kooperatsiya to‘g‘risidagi” qonunda ham kooperativlarning bir tumanda klasterlar bilan yonma-yon faoliyat yuritishi aniq ta'qiqlanmagan, kooperatsiya to‘g‘risidagi qonunda esa “kooperativ, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanganlaridan tashqari, faoliyatning har qanday turi bilan shug‘ullanishga haqlidir” deyilgan.

Kooperativning yopilishi haqidagi videoda uning yana bir a'zosi shunday deydi: Kooperatsiya to‘g‘risidagi qonunda fermerlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun erkin birlasha olishlari aytilgan. Maqsadimiz paxta yetishtirish va ish o‘rinlari yaratish”.

Xalqaro mehnat tashkilotining 2016 yil dekabr oyida O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan “Birlashmalar erkinligi va birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi konventsiyasi O‘zbekistondagi fermerlarga hukumatning ortiqcha aralashuvisiz kooperativlar tashkil etish huquqini kafolatlaydi, deya xabar beradi «O‘zbek forum» va «Human Rights Watch». Bu huquqlar, shuningdek, O‘zbekiston a'zo bo‘lgan “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi xalqaro paktning 22-moddasi bilan ham himoyalangan.

Garchi “Oltin tola Bo‘ston” kooperativi ro‘yxatdan o‘tishda hech qanday to‘siqlarga duch kelmagan bo‘lsa-da, rasmiylar yakka tartibdagi fermerlarni kooperativni tark etishga majbur qilgan ko‘rinadi.

Eluzdan luqma: O‘zbekiston prezidenti joriy yil 12 dekabrda imzolagan “ rivojlantirishning qo‘shimcha chora tadbirlari to‘g‘risidagi» PF-205-sonli farmoni Nukusda bo‘ladigan sudning fermer xo‘jaliklarining tamal huquqini kafolatlash uchun yaxshi fazo bo‘ladi deb o‘ylayman.

Ayni paytda bu farmon banklardan olgan qarzlarini qaytara olmayotgan¸ davlat oldidagi muddati o‘tgan qarzdorligi 3 trln.so‘mga, fermerlar oldidagi qarzi 109 mlrd.so‘mga yetgan klasterlarning «haddini bildirish»ni ko‘zlamagan xolda tomchilab sug‘orish uchun majburan berilgan kreditni yopa olmagan fermerlarning mol-mulkiga musodara qilishni ko‘zlagani xavotir uyg‘otmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi paxtachilikda erkin bozorga munosabatlari va fermerarning uyushib ishlash huquqini ham o‘z ichiga olishini biladimi?

Kooperativ tuzgan fermerni jazolab¸ klasterga

muntazam imtiyozli kredit beradigan tizimni erkin bozor deb aytishga til aylanmaydi.

Tag‘in o‘qing
15 aprel 2022
Ramazon oyining juma kuni pasportiga qashshoq deya yozilgan ulus oldiga chiqib gapirarkan, aynan ro‘za oyi bo‘lgani uchun ham hissiyotlarimni ...
7 aprel 2020
Koronavirus sharoitida ko‘rpaning qatidagi pullar asta xarj bo‘lyapti. Kambag‘al uch-to‘rt so‘m pulini taxmonga yig‘ilgan yangi ko‘rpaning qatida yoki uyi ...
29 mart 2021
Ërqinoy haqidagi hikoyani yozganimdan so‘ng menga AQShda yashaydigan Qo‘yli degan 58 yoshli kishi telegramdan chiqdi. “Og‘o, maning hayotimni kitob ...
23 oktyabr 2023
22 oktyabr kuni Uzbek forum rahbari Umida Niyozovaning onasi Sojida Jalolova 78 yoshida  olamdan o‘tdi. Marhuma Sojida Jamolova Sharqiy ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...