Boshqa maqolalar
13 sentyabr 2018

Prokuror Qodirov va Mirag‘lam Mirzaevning sudi boshlandi

Toshkent shahrining jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudida 12 centyabr kuni sobiq O‘zbekiston bosh prokurori 66 yashar Rashid Qodirov va uning sherigi, Toshkent shahri prokurori o‘rinbosari bo‘lgan 68 yashar Mirag‘lam Mirzaev ishi ustidan sud jarayoni boshlandi.

Mirag‘lam Mirzaev fotosi
matbuotda ilk bor e'lon qilinayapti

Bu xabarni «Eltuz» nashriga jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudi sudyasi yordamchisi ma'lum qildi.

Qodirovning hibsga olinishi ortidan Mirag‘lam Mirzaev, uning xotini Muhabbat Mirzaeva va o‘g‘li Abdurashid Mirzaevning hibsga olinib, tergov qilinayotgani haqida «Eltuz» shu yilning 27 fevral kuni xabar bergan edi.

O‘zbekiston sobiq bosh prokurori, Konstitutsion sud a'zosi bo‘lgan Rashid Qodirov xizmat mansabini suiiste'mol qilish va pora olish ayblovlari bilan 2018 yilning 21 fevralida hibsga olingan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 mart 2021
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoev 2021 yilgi prezident saylovida Shavkat Mirziyoevdan boshqa loyiq nomzodni ko‘rmayotganini aytdi. Prezident Shavkat ...
15 noyabr 2021
Toshkent va Xorazmga sayohatim va ko‘rgazma haqida o‘zim hikoya qilsam. Turk ota so‘zida aytilganidek, «o‘ksiz o‘z kindigini o‘zi kesadi». ...
30 noyabr 2015
Do‘stlik tumani TIIB tergovchisi Orif Anorboev kimdir maslahat uchun pul to‘laganligini bilish uchun O‘ktam Pardaevga yordam so‘rab murojaat qilgan ...
6 noyabr 2020
 Oyna – mening eng yaxshi do‘stim. Chunki yig‘lagan paytim u hech qachon kulmaydi. Mana, hafta bir aylandi va yana ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...