Document UZ
23 fevral 2018

Rashidjon Qodirov tergov qilinib, uyiga qo‘yib yuborilganmi?

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xodimi 23 fevral kuni telefonda «Eltuz» muxbiriga sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirovning hibsga olinmaganini, boshqa bir manba esa uning so‘roq qilinib, qo‘yib yuborilganini aytdi.

Ayni paytda sobiq bosh prokurorning hibsga olinmagani, bir nechta saytlarda e'lon qilingan bu xabarlar mish-mish ekani haqida 23 fevral kuni Uznews.uz sayti «raddiya» bildirdi.

Biroq Uznews sayti prokuraturaning nomi keltirilmagan manbasiga tayanadi. Bosh prokuraturaning rasmiy sayti esa bu haqda raddiya bermagan.

Qodirovning hibsga olinganligi haqidagi xabarni «Eltuz» nashri o‘zining bir nechta manbasiga tayanib 22 fevral kuni bildirgan edi. Manbalarning aytishicha, Qodirov Zangiota tumanidagi hovlisidan qo‘liga kishan solinib olib ketilgan.

Rasman tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, o‘sha kuni bir necha sobiq mulozim ham so‘roq qilingan.

Ular orasida MXXning o‘tgan oy ishdan olingan sobiq raisi Rustam Inoyatovning ham borligi iddao qilinmoqda.

«Eltuz» nashri voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 mart 2016
22 mart kuni Jizzax viloyat jinoiy ishlar sudida bo‘lib o‘tgan appelyatsiya maxkamasida, sudlanuvchilar Aramais Avakyan, Furqat Jo‘raev, Bektemir Umrzoqov ...
25 yanvar 2016
Qamoqxona boshlig‘i o‘rinbosari poraxo‘r bo‘lib chiqdi “Huquq” gazetasining yozishicha, Navoiy viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasi boshlig‘ining umumiy masalalar bo‘yicha ...
20 oktyabr 2020
Bundan o‘n yil ilgari poytaxdagi o‘rtacha ikkita amaldor tushlikka bir millionga yaqin pul sarflashini eshitib hayron qolgandim.Ular shuncha pulni ...
25 yanvar 2023
 “Eltuz”ga yetib kelgan ma'lumotlarga qaraganda, Rishton tumanida prokuror bosimi ostida fermerlar ipak qurti boqib, pilla yetishtirish shartnomasini imzolashga majburlangan. ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...