Catira
19 mart 2018

Mirziyoev yuradigan yo‘lni supurgan o‘qituvchi «KamAZ» tagida qoldi

Prezident kelishi oldidan yo‘lni tozalashga olib chiqilgan samarqandlik o‘qituvchi, 23 yoshli Diana Yenikeeva 14 mart kuni «KamAZ» mashinasi tagida qolib halok bo‘ldi.

O‘sha kuni Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 42-maktab o‘qituvchilarining yo‘l tozalayotgani aks etgan suratlar va ayrim hujjatlar «Eltuz» nashriga kelib tushdi.

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi raddiyasi

Bu surat va hujjatlarda o‘qituvchilarning surunkali majburiy mexnatga jalb qilingani o‘z isbotini topadi.

Ayni paytda Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi Diananing majburiy mehnat qurboni bo‘lganini rad etdi.

«O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, maktab o‘qituvchilari, jumladan, Diana Yenikeeva ham hech qanday yo‘l chetini tozalash, supurish uchun chiqarilmagan», deyiladi 18 mart sanasi yozilgan va “Eltuz” nashrida nusxasi mavjud bo‘lgan raddiyada.

Biroq Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari M.Muzaffarov va viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Q.Saidov imzolagan hujjatning keyingi abzatslaridayoq «hech qanday yo‘l chetini tozalash, supurish uchun chiqarilmagan», degan gap inkor etiladi.

«Shahar-tumanlar markazi, mahallalar, guzarlardagi xiyobonlar, ko‘chalar atrofi va ariqlar chetlari tozalanishi, daraxt va gul ko‘chatlari ekilishi bor gap», deya uqtiriladi hujjatda.

Hokimlikning bildirishiga ko‘ra, bu holat «mamlakatda mart-aprel oylari obodonlashtirish oyligi, deb e'lon qilingani ham «Tozalik bor joyda, baraka bor» naqlining amaliy ifodasidir».

O‘zbekiston prezidentining viloyatlarga tashrifidan oldin mahalliy hokimliklarning “xo‘ja-ko‘rsin” tadbirlari va supurib sidirishlarga, asosan, o‘qituvchi va tibbiyot xodimlari jalb qilinmoqda.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 fevral 2022
Karimova egalik qilgan mol-mulkni O‘zbekistonga qaytarish haqidagi Fransiya qaroriga Islom Karimov e'tiroz bildirib chiqdi. 15 fevral kuni O‘zbekiston Adliya ...
19 dekabr 2019
Favqulodda vaziyatlar vazirligi metro qurilishi paytida ko‘chki oqibatida halok bo‘lgan olti nafar shaxsning ismlarini e'lon qildi. Ularning to‘rttasi Qashqadaryoda, ...
9 oktyabr 2018
Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) Rossiya harbiy razvedkasining 206 nafar shtatsiz jangarisi ro‘yxatini ochiqladi. Ular «Vagner» deya atalmish guruh a'zolari ...
11 sentyabr 2019
Toshkentda 10 sentyabr kuni o‘tgan matbuot anjumanida respublika fermerlar kengashi raisi Aktam Hayitov mamlakatda go‘sht qimmatlayotgani sababini go‘shtning ko‘p ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...