Document UZ
21 mart 2018

100 million dollar o‘zlashtirgan amaldor ozod etilish arafasida

«Eltuz» nashri qamoqdan chiqishi kutilayotgan, 100 million dollarni o‘zlashtirishda ayblanib qamalgan amaldor Jur'at Meliqulov faoliyatiga oid filmni taqdim etadi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi yuqori lavozimli mulozimining «Eltuz»ga bildirishicha, 54 yoshli Jur'at Meliqulov fevral oyida Qarshidagi 64/49-jazoni ijro etish koloniyasidan Pskentdagi 64/75-manzil koloniyaga o‘tkazilgan.

Marhum prezidentning to‘ng‘ichi Gulnora Karimovaning «cho‘ntagi» ekani aytiladigan Jur'at Meliqulov 2012-2013 yillar oralig‘ida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidan 100 million AQSh dollaridan ko‘proq mablag‘ni o‘zlashtirishda aybdor deb topilib, 2014 yilning 20 avgustida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri sudi tomonidan 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Bosh prokuratura xodimining aytishicha, xalq orasida FNPZ nomi bilan mashhur Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining sobiq tijoriy direktori Jur'at Meliqulov yaqin kelajakda butunlay ozod bo‘lish uchun bor imkoniyatlarini ishga solmoqda.

Uning ilova qilishicha, mart oyi boshida Pskentdagi manzil koloniya rahbariyati Meliqulovdan prezident nomiga kechirim nomasi yozdirib olgan.

Jur'at Meliqulovning davlatga yetkazgan moddiy zarari qoplangani yo‘q.

«Eltuz» bir oycha davom etgan tekshiruvi davomida Jur'at Meliqulovga aloqador shirkatlar va mol-mulklarning ba'zilarini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Ular quyidagilardan iborat:

  • Toshkent shahri, Oybek metrosi yaqinidagi 4 qavatli ofis;
  • Toshkent shahri, Taras Shevchenko ko‘chasidagi EVO ko‘p qavatli binosi;
  • Dubayning «Palma» orolidagi qimmatbaho villa;
  • Moskvaning «Malina Rosha» mavzesidagi 7 qavatli biznes markazi;
  • Stamford Capital Lnc ofshor shirkati (bu shirkatda Jur'at Meliqulovning qancha mablag‘i saqlanayotgani ma'lum emas)

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 fevral 2019
Bugun Toshkent metropolitenidan foydalanayotgan yuz minglab vatandoshlarimiz yana shu savolga javobni bilishga haqli. Lekin metropoliten rahbarlari nega bir necha ...
5 avgust 2018
«Guruhimizning jipsligi va qat'iyati avvalida oyoq tirab turib olgan sud raisini qarindosh-urug‘larimizning qolganlarini ham sud zaliga kiritishga majbur qiladi, ...
11 fevral 2021
Qur'oni karimda 25 payg‘ambarning ismi zikr etiladi. Hadislarda esa yer yuziga jami 124 ming payg‘ambar yuborilgani haqda bildiriladi. Ulardan ...
23 mart 2018
Shvetsiyaning poytaxti Stokgolmda 21 mart kuni qozoq, turk, eron, o‘zbek, uyg‘ur diasporasi vakillari Navro‘z bayramini nishonlashdi. Navro‘z tadbiriga mezbonlik ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...