Document UZ
28 noyabr 2018

Jurnalistlar uyini tortib olish qarorini chiqargan sudyaning o‘zi uni o‘z kuchida qoldirdi

Urganch tumanlararo fuqarolik sudining 27 noyabr kuni sudya O‘tkir Masharipov raisligidagi majlisida jurnalist aka-uka Bobojonovlarning uyini musodara qilish borasidagi quyi sud instantsiya qarori o‘z kuchida qoldirildi.

Gap shundaki, aka-uka Bobojonovlarning uylarini musodara qilish haqida 2018 yil fevral oyida chiqarilgan sud qarorini ham shu sudyaning o‘zi qabul qilgan edi.

Ya'ni sudya o‘zi qabul qilgan qarorni yana o‘zi kuchda qoldirdi.

Bobojonovlar advokatining «Eltuz» nashriga bildirishicha, «O‘tkir Masharipovning har ikkala qarori ham mahalliy hokimlik ta'sirida va mavjud qonunlarga zid tarzda qabul qilingan».

Bobojonovlar Urganch tumani sudining 27 noyabr kuni chiqarilgan qarori ustidan shikoyat arizasi yozishlarini bildirishdi.

22 noyabr kuni «Ozod Yevropa – Ozodlik radiosi» (RFERL) ning Vashingtondagi qarorgohi ma'muriyati bu amalning jurnalistlardan o‘ch olinishi ekanini haqida bayonot chiqargan, uning nusxasi O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga jo‘natilgan edi.

Ayni bayonotda «Ozodlik» muxbirining jurnalistik faoliyat bilan shug‘ullanadigan ikki ukasi – G‘ayrat va Qudrat Bobojonovlarga tegishli uylarning ham musodara qilingani qoralangan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 fevral 2022
Ukraina atrofidagi 27-dan 28 fevralgacha bo‘lgan kun davomidagi o‘zgarishlar qisqacha Yevropa Ittifoqi o‘z tarixida birinchi marta Ukraina uchun qurol ...
10 may 2019
Rassom Tuz
9 iyun 2017
1948 yilning 9 iyunida YuNYeSKO qarori bilan Xalqaro arxivlar kengashi (XAK, International Council on Archives, ICA) tashkil etildi. Ayni ...
13 yanvar 2017
13 yanvar kuni Andijon viloyat xo‘jalik sudi Soliq boshqarmasining andijonlik tadbirkor ustidan da'vosini qondirib, uning mulkini musodara qilish va ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...