Asosiy mavzular
16 mart 2017

Oyligi keyingi maoshgacha yetmaydigan o‘zbeklar

So‘nggi vaqtlarda mamlakatda korruptsiya mavzusi faol muhokama etilayotganiga ishora qilgan Kun.uz sayti Kommersant.uz internet nashriga asoslangan holda iqtisodchi ekspert Yuliy Yusupovning O‘zbekistondagi mazkur illat sabablariga oid fikrlarini e'lon qildi.

Ekspertning fikricha, korruptsiyaning birinchi sababi fuqarolarning biznes yuritishi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun turli xil ruxsatlarni berish borasida davlat organlari va mulozimlarning keng vakolatlaridir. Bu holatda, avvalo, ta'magirlik va pora olish uchun imkoniyat ham kengayadi.

«Masalan, naqd pullarni berish borasida ma'muriy to‘siqlar tijorat banklari, bank ishchilari, savdo tashkilotlariga pullarni naqdlashtirishda «shapka» olish uchun qulay sharoitdir», deyiladi maqolada.

Unda yozilishicha, davlat va mulozimlarning bozor mexanizmlari ishiga turli usulda aralashuvi ham korruptsiyaning ildiziga suv quyadi. Narxlarni boshqarish, foiz stavkalarini belgilash, almashuv kursi, zaxiralarni markazdan taqsimlash, ayrim korxonalarga turlicha imtiyozlar berish kabilar shular jumlasidandir.

Muallif yuqori soliq va bojxona to‘lovlari yashirin iqtisodiyot va korruptsiyaga qulay sharoit yaratishini ta'kidlar ekan, shu paytgacha hukumat va mahalliy matbuotning og‘iz ko‘pirtirib aytayotgan bir maqtovini yo‘qqa chiqaradi.

Sir emaski, O‘zbekiston hukumati va matbuoti mamlakatda «oqilona soliq siyosati» yurgizilayotgani, «soliq yuki kamligi», «soliqdan ko‘plab imtiyozlar» mavjudligi borasida tinimsiz «quloqqa lag‘mon ilib keladi».

Shuning orqasidan tadbirkorlik rivojlanayotgani, xorij sarmoyalari hajmi kun sayin ko‘payayotgani aytiladi.

Aslida, maqolada keltirilgan raqamlarga tayanilsa, mamlakatda soliq yuki juda og‘ir ekan, u korruptsiya urchishiga yo‘naltirilgan ekan.

«O‘zbekiston iqtisodiyotiga soliq yuki dunyodagi rivojlanayotgan mamlakatlardagi eng yuqorilardan biridir. U yalpi ichki mahsulotning 30-35 foizini tashkil etadi… Yiliga aholi jon boshiga YaIM miqdori 2000 dollarni tashkil etadigan mamlakatlar uchun soliq yukining 15-20 foiz bo‘lishi maqbuldir. Bojxona to‘lovlari darajasi bo‘yicha ham biz dunyodagi eng yuqori o‘rinlarda turamiz», deydi muallif.

Ko‘p yillar davomida matbuot tomonidan haspo‘shlab kelingan muammolar negizidagi haqiqat, aksariyat vatandoshlarimizning oyligi keyingi maoshigacha yetmasligi, ko‘pchilikning tirikchilik ilinjida kimdandir qarz olishga majburligi, ko‘plab erkinliklar cheklangani, odamlarning qilgan mehnatlari uchun arzimas haq olishlaridadir.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 mart 2021
(Muhammad Solih audiokitobining davomi) Murod Muhammad Do‘st bilan bizning yo‘llarimiz ayrilgan edi. Men Karimovga muxolif kampda, Murod esa Karimov ...
22 iyun 2016
Rassom Tuz va Elsevarlar qatoriga Kirpi taxallusi bilan ijod qiladigan yosh rassom ham qo‘shildi. Shu kunlarda Toshkentda istiqomat qiladigan ...
17 dekabr 2020
Sirdaryo viloyatining Xovos tumani Qahramon qishlog‘ida yashovchi E.J. dekabr oyining o‘zida ikki marta joniga qasd qilgan. Avvalroq u o‘z nabirasini zo‘rlaganiga oid video ...
2 dekabr 2019
Qish mavsumi boshlanishi bilan mamlakat viloyatlarida elektr tarmog‘idagi uzilishlar tag‘in kuchaydi. Rassom Dumham Farg‘ona viloyati, Beshariq tumani, Telov qishlog‘i, ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...