Ko‘zqarash
13 may 2017

Qarg‘alar sayrashni o‘rgatdi menga…

ToshDUning jurfagida biz 1988-1993 yillarda o‘qidik. Rahmatli domlamiz professor Ochil Tog‘aev publitsistikadan dars berardilar.

Domlaga nisbatan ko‘pchilik talabalarning hurmati baland edi, ammo so‘nggi darsda bir kelishmovchilik ham bo‘lgandi.

Shundan so‘ng domla betob bo‘lib yotib qoldilar. Domla vafot etganlarida biz talabalar ham ta'ziyaga bordik. Mayyitni ko‘p qavatli binoning ikkinchi qavati zinasidan qo‘lma-qo‘l ko‘tarib tushganimizni eslayman.

Yosh edik, jonoza, qabriston, bu manzaradan ancha mutaassir bo‘ldim. Quyidagi she'rning ilk satrlari ana shu marosimda tug‘ildi. Ustoz o‘limi bilan ham dars berganday tuyuldi menga.

SYeN MYeNGA YaShAShNI O‘RGATGIN, O‘LIM

Ko‘zlarim ko‘rlikni o‘rgatdi menga,
Manglayim sho‘rlikni o‘rgandi menga,
Yuragim hurlikni o‘rgatdi menga,
Sen menga yashashni o‘rgatgin, o‘lim.

Davronlar shamolni mengzatdi menga,
Shamollar xoru xas irg‘atdi menga,
Shaytonlar birki bazm bezatdi menga,
Sen menga yashashni o‘tgatgin, o‘lim.

Dil do‘zax yo‘lini ko‘rsatdi menga,
Jon uchmox eshigin izlatdi menga,
Tan balo tog‘ini yuzlatdi menga,
Sen menga yashashni o‘rgatgin, o‘lim.

Gumrohlar aytdilar: o‘rgatguvchimiz,
O‘zingni o‘zingga o‘rnatguvchimiz,
Ko‘zingini qoshingga o‘rtatguvchimiz,
Sen menga yashashni o‘rgatgin, o‘lim.

Xazoniy bog‘larga keldim urib bosh,
Xarsanglar bag‘riga kirdim bo‘lib tosh,
Men dunyo darsiga berolmadim dosh,
Faqat sen yashashni o‘rgatgin, o‘lim.

Qarg‘alar sayrashni o‘rgatdi menga,
Baqalar sakrashni o‘rgatdi menga,
Mushuklar savashni o‘rgatdi menga,
Sen menga yashashni o‘rgatgin o‘lim.

Abduvohid Hayit
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 fevral 2018
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisining sobiq o‘rinbosari Shuhrat G‘ulomov buyrug‘iga ko‘ra, qamoqxonalarda saqlangan ba'zi siyosiy va diniy mahkumlarni “likvidatsiya ...
17 mart 2022
O‘zini Namangan shahri davlat soliq inspektsiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi deb tanishtirgan Ayubxon G‘aybullaev “Eltuz” saytida joriy yil 16 martda ...
13 dekabr 2018
Filmning so‘nggi, 5-qismi sobiq militsiya mayori, xalq orasida “Rembo” deya nom qozongan Qahramon Xo‘jaqulov qarindoshlarining sirli o‘limlari, Xo‘jaqulovni hibsga ...
25 fevral 2023
It quvgan gadoyday kunlar zuv zuv o‘tib yana qarshingizdaman aziz o‘quvchim. Yana 10 kun chidasangizlar ko‘klam keladi. Sizlarga «Ma'naviyat  engilmas ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...