Asosiy mavzular
29 noyabr 2017

Xotinini pichoqlagan sayramlik «qissasi» memlarga ko‘chdi

Ijtimoiy tarmoqda «boshqa dinga kirdi» deya xotinini pichoqlagan o‘zbek zaharxanda qilingan memlar paydo bo‘ldi.

Qozog‘istonning Sayram tumanida yashovchi 34 yoshli Xayrulla Normetov «o‘ris diniga kirib ketgani uchun» xotinining qorniga pichoq tiqqanini iddao qilib, 13 noyabr kuni tarmoqqa video qo‘ygani ortidan qamoqqa olingan edi.

Pichoqlangan ayol Jamila Normetovaning hayoti vrachlar tomonidan saqlab qolingan.

Xayrullo Normetov videosiga javoban memlarda uning gaplari ba'zan mashhur yulduzlar og‘zidan yangraydi.

«Men Normetov Xayrullo! Xotinimga pichoq tiqib oldim!» deydi mem qahramoni ko‘p ming kishilik stadionda gulduros qarsaklar ostida.

Boshqa bir memda esa u qozon sotib olgan va o‘choqqa o‘t yoqmoqchi bo‘lgan qishloqlik tarzida aks etadi:

«Qozon sotib oldim. O‘tin tiqdim. Yonsa yongandir. Duo qilinglar…», deydi yonmayotgan o‘choqni tasvirga olgan mem muallifi.

«Eltuz» nashri 16 noyabrda e'lon qilgan video qisqa vaqt ichida 83 mingdan ziyod tomosha qilindi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 oktyabr 2017
Islom Karimovning kenja qizi Lola Tillaeva instagram sahifasida so‘z erkinligi insonlarning eng muhim huquqi ekani haqida yozdi. Bu huquqqa ...
20 sentyabr 2017
19 sentyabr kuni Farg‘ona viloyatidagi Oliy o‘quv yurti talabalariga paxta terimi munosabati bilan o‘qish to‘xtatilgani bildirilib, tushlikda uylariga ketishga ...
7 oktyabr 2022
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman. Kuz kelib to‘y-to‘ychiq ko‘paygan payt… MS: Tuz ...
5 sentyabr 2017
Samarqandlik ikki aka-uka haqida eshitgandim. Hujra ko‘rgan, islomiy da'vosi kuchli yigitlar edi. Taqdir taqozosi bilan ular Suriyadagi jangarilar safiga ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...