Asosiy mavzular
11 dekabr 2017

Gazsiz qolgan oshxonalar

9 dekabrdan Toshkent shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchalarini tabiiy gaz tarmog‘idan butunlay uzish boshlandi.

Gaz idorasi nazoratchilari kafema-kafe yurib, ularning egalariga mavjud vaziyatni tushuntirmoqda va darhol gazdan uzib ketmoqda.

Mazkur tadbirdan maqsad poytaxt aholisining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, mahallalarda gaz bosimi pasayishi oldini olishdir.

Bu haqda ma'lum qilgan «Transgaz» mas'ulining bildirishicha, umumiy ovqatlanish shoxobchalarini tabiiy gazdan uzish to‘g‘risidagi qaror tegishli idoralar, jumladan, Toshkent shahri hokimligi va «Transgaz» aktsiyadorlik kompaniyasi tomonidan qabul qilingan.

«Kunlar soviyapti. Toshkentning ba'zi mahallalarida gaz pasayib ketdi. Bu esa aholi noroziligini keltirib chiqaryapti. Shuning uchun tegishli idoralar shunday qarorga kelishga majbur bo‘ldi», dedi «Transgaz» vakili.

Sir emas, Toshkentda umumiy ovqatlanish shoxobchalarining oddiylaridan tashqari nufuzli shaxslarga tegishlilari ham juda ko‘p.

Hatto shunday restoran va kafelarni ham gazdan uzish boshlangan.

«Egalari darrov «krisha»lariga telefon qilyapti. Lekin «krisha»larning kuchi ham yetmay qolayotgan paytlar bo‘lyapti. Chunki bittasi ishlasa, yonidagisi gazdan uzib qo‘yilsa, darrov yozib yuboradi. Nazoratchilar shunday qo‘rqib, iloji boricha qattiq turibdi. «Krisha»lar ham hushyor tortib qolgan», deydi «Eltuz» manbasi.

Umumiy ovqatlanish shoxobchalari gaz o‘rnida o‘tin ishlatishni boshlasa, bu narx-navo keskin ko‘tarilishiga olib keladi. Chunki o‘tin falon pul turadi.

Mavjud ovqat tayyorlash uskunalarini elektr jihozlarga almashtirish ham katta xarajatlarga sabab bo‘ladi.

Shuning uchun umumovqatlanish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarning noroziligi kuchli.

«Bunday vaziyat uzoq davom etishi mumkin emas. Chunki hozirdanoq gaz idoralari xodimlariga tazyiq kuchaygan. Tadbirkorlar norozi. Shu sababli bu qarorning umri uzoqqa bormasa kerak», dedi «Transgaz» mas'uli.

Eltuz

Tag‘in o‘qing
21 iyun 2017
Turkiya prezidentining tansoqchilari boshqarmasida ishlaydigan 24 yashar Ramazon O‘zchelik (Ramazan Özçelik)ning boshidan o‘q uzilgan jasadi O‘zbekiston vatandoshi Farida Bayramovaning ...
15 noyabr 2018
O‘zbekistonda ba'zan «yutub», ba'zan «feysbuk» kanallari uzilishidan shikoyatlar ortmoqda. 15 noyabr kuni «Eltuz» nashri Downdetector sayti orqali «yutub» kanalidagi ...
19 sentyabr 2018
Naqadar achchiqki, bolsheviklar inqilobidan buyon toptalib kelingan va endigina qaddini tiklagan jafokash o‘zbek tili tag‘in oyoqosti qilindi va bundan ...
13 aprel 2021
O‘zbekiston nodavlat tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini soddalashtirishi va fuqarolik jamiyati ovozlarini qonuniylashtirishi kerak.  Yaqinda Adliya vazirligining nodavlat tashkilotlar boshqarmasi ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...