Asosiy mavzular
29 mart 2018

Alam qildi

Rossiyaning Kemerovosidagi “Qish olchasi” (Zimnyaya Vishnya) savdo-istirohat markazida yuz bergan fojea Qozog‘istonning Oqto‘basida avtobusda 52 nafar o‘zbek tiklayin yonib ketgani voqeasidan nimasi bilan farq qiladi?

Har ikkisi ham ulkan dard, millionlab insonlar qalbini junbushga keltirgan o‘ta qayg‘uli falokat.

Faqat ruslar o‘z qurbonlari uchun umummilliy motam e'lon qildi. O‘zbeklar esa shu kuni telekanallaru radiolarida vadavang qilib kontsert berdi.

Shunisi alam qildi. Ularning qurbonlarining qadri biznikilardan ko‘ra shunchalik balandmi?

Salkam 150 millionlik Rossiya yetmishga yaqin qurbon uchun motam tutdi. 32 millionlik O‘zbekiston uchun esa mamlakatda motam tutish uchun 52 vatandosh kamlik qildi go‘yoki.

Buni faqat qiyoslash uchun aytyapmiz. Zero, hatto bunday fojealarda bitta o‘lim ham qayg‘uli.

Rossiyaning hukumati biznikidan ko‘ra farosatliroqmikin?! Yoki bunday katta fojealarni ko‘rib, ko‘zi pishib, qachon qanday harakat qilishga ko‘nikib qolganmikin?

Aslida biznikilar bunday qurbonliklarga ko‘nikib qolishidan yaratganning o‘zi asrasin. Shu 52 yurtdoshning o‘limi ham qanchalarning qaddini dol qildi.

To‘g‘ri, hukumatimiz bir vaqtlardagidek millionlab mardikorlarni yalqovlikda ayblab, dunyoga kulgi bo‘lgani yo‘q. Qurbonlarning yaqinlariga yelkadosh bo‘lishga urindi.

Ammo viloyat hokimi nomard chiqdi. O‘lganning ustiga tepgan qilib, shu fojea sabab butun bir tuman aholisini haromi deb haqoratladi.

Rossiyalik hokim mitingga chiqqanlarni provokatorlar degani uchun bugun salkam yarim Rossiya uning iste'fosini talab qilib yotibdi.

Bitta-ikkita ziyolini aytmasa, biznikilar o‘zimizning vallomat ko‘rsatgan “hunar” ortidan ovozini ham chiqarmadi. Ovozini chiqargan ayrim jurnalistlar esa hokimni oqlash bilan ovora bo‘ldi.

Holimizga achindim.

Lekin bitta savol qiynaydi: o‘zbekning qadri shuncha pastmi?

Bahodir Sharif
eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 iyul 2017
Prezident Mirziyoevning kelasi oydan Davlat Soliq Qo‘mitani fiskal idora sifatida tugatishi, uning faoliyati Moliya vazirligi va prokuraturaga bo‘lib berilishi ...
10 may 2019
Rassom Tuz
13 dekabr 2021
“Benkvoch” Osiyo taraqqiyot banki tomonidan koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga ajratilgan mablag‘ hisobidan moliyalashtirilgan davlat xaridlarini tahlil qilib, shubhali ...
20 oktyabr 2022
Joriy haftada Misr xavfsizlik kuchlari 30 yashar O‘zbekiston vatandoshi Xonimqul Mamasalievni o‘ta shafqattsiz qotillik va katta miqdorda o‘g‘irlikda gumon ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...