Catira
17 aprel 2018

O‘zbekistonda Putin tashviqotini tarqatuvchi TV kanal ochiladi

Rossiyaning «Birinchi» telekanali O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikda mamlakat ichkarisida alohida telekanal ochmoqchi. Bu haqda Axborot va kommunikatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bu masala O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vaziri Azim Ahmadxo‘jaev hamda Rossiya aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Aleksey Volin o‘rtasida kelishilgan.

Gap nafaqat Rossiyaning bitta kanali, balki VGTRK, «Rossiya Segodnya», «Rossiya 24» kanallari dasturlari rejissyorlarining O‘zbekiston axborot maydonida faoliyat boshlashi haqida bormoqda.

«Yuqoridagilar an'anaviy jurnalistika vakillari, oddiy OAV emas. Bular axborot urushida qatnashayotgan RF infoqo‘shinlari. Toshkent darvozalarining kalitini o‘z qo‘limiz bilan topshirib qo‘ymayapmizmi?» deya yozdi bu haqda feysbuk blogeri Sardor Salim.

Ikki davlat o‘rtasidagi kelishuvlarda bugungi kunda eng ko‘p o‘zbekistonliklar yashayotgan Rossiyada o‘zbek kanali ochish to‘g‘risida gap ham yo‘qligi bitimning biryoqlamaligini anglatadi. Biroq bu xabar O‘zbekistonni Rossiyaga qo‘sh qo‘llab tutqazish g‘oyasi tarafdorlari tegirmoniga ham suv quymoqda.

«Aytaylik, O‘zbekistonning Rossiyaga qo‘shilishidan davlat zarar ko‘rar, lekin oddiy xalq, oddiy aholiga bo‘ladigan foyda va zararni bir taroziga qo‘yib chiqsak nima deysiz? Shu mavzuni ham o‘rtaga tashlab ko‘ring», deya yozdi Sardor Salimga javoban Salim Ustaxonov ismli feysbuk yuzeri.

Ayni paytda bu xabar shusiz ham Rossiyaning Yaqin Sharqda va Ukrainada olib borayotgan urushidan norozi ijtimoiy tarmoqdagi ayrim o‘zbekistonliklarning jiddiy xavotiriga sabab bo‘lmoqda.

«Hech kim sezmadi shekilli. Anneksiya qilingan Qrimga borishi mumkin ekan faxriylarimiz. Butun dunyo qarshi chiqayotgan baloga bosh suqish kimning xayoliga keldi ekan?»

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 fevral 2017
«Adolat» gazetasining yozishicha, shu nomdagi sotsial demokratik partiya deputatlari uyma-uy yurib, «joylarda muammolarni aniqlab, aksariyatini hal etyapti». Bu partiya ...
17 yanvar 2017
17 yanvarga o‘tar kechasi Masharipov bilan birga qirg‘iz millatiga mansub bir erkak va uch ayol ham qo‘lga olingan. Shu ...
10 mart 2023
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.  Matchon Suqilish: Nichiksizlar mo‘chchi oybika ham xo‘jik ...
21 sentyabr 2020
Germaniyaga davolanishga olib ketilib, o‘sha yerda o‘lgan bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoevning jasadi 21 sentyabr kuni Toshkentga olib kelinib, ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...