Asosiy mavzular
14 noyabr 2018

Dissident yozuvchi bilan «Gurung» erkinlik alomatimi?

Taniqli o‘zbek dissident adibi, 67 yashar Mamadali Mahmudov 13 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAning «Gurung» loyihasi ilk mehmoni bo‘ldi.

Yozuvchining ta'kidicha, so‘nggi bor u rasmiy matbuotda 27 yil burun chiqishlar qilgan.

Garchi bu suhbat yozuvchiga nisbatan taqiqlarning olib tashlanishi alomati bo‘lsa-da, yozuvchining og‘ir qismati haqida ko‘rsatuvda deyarli hech narsa deyilmaydi.

Mamadali Mahmudov 1999 yilning avgustida «jinoiy uyushma»ga a'zoligi va O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovni haqorat qilgani haqidagi uydirilgan aybnomalar bilan qamaldi.

Qamoqqa olinguniga qadar u O‘zbekiston Madaniyat jamg‘armasi raisi lavozimida bo‘lgan.

Yozuvchi «Erk» partiyasi raisi Muhammad Solihning do‘sti bo‘lgani uchun unga qasd qilib qamoqqa olishgani va tergov paytida unga qiynoqlar qo‘llanilganini aytib keladi.

17 yil qamoqda bo‘lgan yozuvchi Mamadali Mahmudov 2013 yilning 19 aprelida ozod etilgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 may 2017
O‘zA tomonidan davlat arbobi Sharof Rashidovning 100 yillik yubileyiga bag‘ishlab tayyorlangan maqolani mamlakatning bir qancha gazetalari bosdi. Sh.Rashidov bilan ...
27 fevral 2017
Oldingi dayjestlarimizda bir necha bor O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tgan elektron ommaviy axborot vositalarida uyg‘onish epkini esayotgani, ular avval umuman ...
30 avgust 2023
Rassom va jurnalist Shuhrat Bobojonov o‘zining tarix¸ tasviriy san'at va mumtoz adabiyotga oid kitoblar yig‘ilgan kutubxonasini Urganch zamonaviy san'at ...
21 fevral 2023
Jurnalist Rahimjon Rahmat yozadi: Shu,  kam ta'minlangan toifa allada aziz,  to‘rvada mayizga aylanib ketyapti.  Mayli,  kambag‘al toifalarga un, yog‘,  ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...