Ko‘zqarash
1 avgust 2019

O‘zbekiston davlati uchun katta ayb, Uyg‘ur qardoshlarimiz bizni kechirishsin!

O‘zbekiston ham sharmandali ravishda uyg‘ur qardoshlarimizga bo‘layotgan Xitoy hukumati zulmini qo‘llab chiqqan 50 ta davlat qatoriga qo‘shildi. Adolatdan, o‘z qardoshi- qarindoshi yonida emas, bir zolim , zulm mashinasi safida yerini oldi.

Kuni kecha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson Huquqlari Komissiyasida 22 davlatning elchilari Xitoy hukumatiga chaqiriq bilan chiqib Uyg‘ur Turklariga va Xitoydagi musulmon xalqlariga bo‘layotgan zulmni, inson huquqlari buzilishlarini qoralab rasmiy bir murojatnoma qabul qilgan edilar.

Murojatnomada Xitoy hukumatini inson huquqlari borasidagi xalqaro normalarga , shartnomalarga amal qilishga davat qilib, zudlik bilan uyg‘urlarga bo‘layotgan bosimni to‘xtatishga, “qayta tarbiyalash” lagerlarida asirlikda ushlab turilgan 2 milliyonga yaqin uyg‘ur qardoshlarimizni ozod qilishga chaqirdilar.

Afsuski Xitoy siyosatini qattiq tanqid ostiga olgan bu murojatnomaga qo‘l qo‘ygan 22 g‘arb davlatlari elchilari orasida birorta musulmon davlat elchisi yo‘q.

Na o‘zini “ummat lideri” maqomida ko‘radigan Erdo‘g‘on Turkiyasi, nada o‘zimizning aholisi musulmon va uyg‘urlarga qondosh bo‘lgan “iston” larimiz, nada dunyoning boshqa musulmon davlatlari bu murojatnomaga qo‘shilishmadi.

Holbuki bugun dunyoda musulmon millatlari orasida eng ko‘p zulm ko‘rayotgan Sharqiy Turkistonlik Uyg‘ur qardoshlrimizdir. Holbuki bugun dunyo millatlari orasida eng ko‘p zulm ko‘rayotgan, millat sifatida yo‘q bo‘lish arafasida turgan Uyg‘ur qardoshlrimizdir. Bu zulmni na Falastin bilan va na dunyoning boshqa o‘lkalaridagi hodisalar bilan qiyoslab bo‘ladi.

Islom ittifoqi, qardoshligi degan safsatani, bu Islom davlatlari timsolida ko‘rib turibmiz afsuski. Bizning “qorakalar” , despotlar, sevmaydigan, mavridi kelsa so‘kib, lekin yashash uchun hurjunlari tayyor demokratik yevropa davlatlari uyg‘urning dardiga, ko‘z yoshiga hamdard bo‘layapti. Bu ayanchli uyat bizga, ummatga va Turk dunyosiga yetib ortadi.

(Suratda: Tarmoqda boshlangan «#MenUygurman» o‘zbeklar aktsiyasi baneri)

Baxodir Fayz
AQSh Pittsburg shahri

Tag‘in o‘qing
23 may 2023
Calom qadrli muxlislar Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta xatni o‘qiymiz. Ular Tashkent, Qashqadaryo va Camarqand viloyatlaridan kelgan. Dastlabki shikoyat ...
20 noyabr 2020
Istayman: uyimning derazalari Doim ochiq tursin, lang ochiq tursin. Xonamda o‘ynasin quyosh zarlari, Yetmish yurt – iqlimdan shamollar yursin. ...
22 may 2017
21 may kuni prezident Mirziyoev Riyod shahridagi uchrashuvida O‘zbekistonda xalqaro ilmiy tadqiqotlar markazi tuzish bo‘yicha memorandumni imzoladi. Saudiya Arabistonida ...
16 avgust 2019
Mana, hayit ham o‘tdi. Bor tovog‘im – kel tovog‘im tugab, kundalik tashvishlarga qaytdik. Hayot tabrik otkritkalaridagi kabi rang-barang emas.  ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...