Ko‘zqarash
16 iyun 2020

O‘zbek davlatchiligi Shayboniyxondan boshlanganmi?

1947 yilda chop etilgan ilk “O‘zbekiston xalqlari tarixi” II jildining mundarijasidan bir parcha. Bundan nima xulosa qilishimiz mumkin?

– o‘zbek davlatchiligi XVI asrdan boshlanyapti;

– u davrdagi o‘zbeklar tarixchilikda shunchaki “o‘zbeklar” deb atalyapti.

Keyingi davr tarixchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘lgan?

– o‘zbeklarni faqat Shayboniyxon o‘zbeklariga bog‘lab qo‘ymaslik uchun ularni “ko‘chmanchi o‘zbeklar” deb atash urf bo‘lgan. Bunday terminologik fokus yordamida o‘zbek tarixchiligi “biz Shayboniyxon o‘zbeklaridan oldingi xalqlar avlodimiz”, deyish imkonini topgan, ayni paytda qozoq, qoraqalpoq, tatar va hokazo xalqlar tarixchilariga ham bu ma'qul tushgan – o‘tmishda Oltin O‘rda xalqi o‘zbek deb atalgani ularga yoqmas edi, shuning uchun ular hozirgacha “ko‘chmanchi o‘zbeklar” atamasini zo‘r berib ishlatishadi, ularning bugungi o‘zbeklarga aloqador emasligini/kam aloqadorligini ta'kidlashadi;

– o‘zbek davlatchiligi XVI asrdan emas, miloddan avvalgi VII asrdan boshlanadi, degan postulat ilgari surilgan, chunki yuqoridagi argument yordamida bugungi o‘zbeklarni bu hududlarda ming, uch ming, o‘n ming yil oldin yashagan xalqlarga bog‘lash imkoni tug‘ildi.

Qaysi nuqtai nazar to‘g‘riligi haqida bahs yuritmayman (mutlaq haqiqat yo‘q o‘zi). Aytmoqchi bo‘lganim – bugungi rasmiy “milliy” o‘zbek tarixi doim ham bugungiday bo‘lmagan, o‘tmish, tarix, uni bugun qanday qabul qilishimiz yillar davomida o‘zgartirib borilgan.

Eldar Asanov,
Telegramdagi «Asanov formati» blogeri

Tag‘in o‘qing
1 avgust 2016
May oyida moliyaviy piramida qurishda ayblanib Chinozlik Ahmad Ahmad Tursunboevning qamalishi ortida unga katta miqdorda pul va avtomobillar bergan ...
1 aprel 2019
Toshkentda 23-26-mart kunlari maktab o‘quvchilari ishtirokida o‘tgan «Qizlarjon» sammiti ishtirokchilari «ota-onalarni uzoq muddatga chet mamlakatlarga ishlash uchun chiqishlarini cheklash ...
14 iyun 2016
ShHT sammiti yaqinlashgan sayin o‘zbek hukumatining ho‘jako‘rsin tadbirlari ko‘lami ortmoqda. Rasmiylar o‘z harakatlarini Vazirlar mahkamasining “Toshkent shahri magistral ko‘chalarini ...
23 avgust 2018
Turma boshlig‘i polkovnik Mavlonovning buyrug‘i bilan Muhammad Bekjonni nihoyat ancha yengilroq ishga, etikdo‘zlik sexiga o‘tkazishadi. U yerda jurnalist so‘zga ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...