Ko‘zqarash
24 avgust 2020

Lukashenko jangari filmlar personaji kabi

Belarusdagi namoyishlar ortidan prezident Aleksandr Lukashenkoning 23 avgust kuni avtomat va bronejiletda aks etgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda memga aylandi.

«Kecha Belarus hokimiyatini kuch bilan egallab olgan, o‘zini o‘zi prezident deya e'lon qilgan Aleksandr Lukashenkoning administratsiyasi oldiga minglab belaruslar norozilik bildirib to‘plandi. Lukashenko esa namoyishkorona tarzda qurol ko‘tarib chiqib, binoni o‘rab olgan OMONchilarni qo‘lladi. Bu bilan Lukashesku jinoiy tarzda egallab olgan hokimiyatini qurol bilan himoya qilishga tayyorligiga ishora qilmoqda.

Ertaga mamlakatda fuqarolik urushi boshlanib ketsa, eslab qoling, bu faqat miyasi aynib qolgan cholning aybi bilan bo‘ladi. Belaruslar qo‘llaridan kelgancha yumshoq tarzda qalbaki saylovni qayta o‘tkazishni talab qilishdi. Buni butun dunyo ko‘rdi. Boboy esa hali ham dunyo o‘zgarganini, odamlar o‘zgarganini tan ololmayapti. Boboy qaerdadir 90-yillarda, tsivilizatsiyadan uzoqda bo‘lgan bo‘rdoqichilik kolxozida qolib ketgan.

Kechagi qurol ko‘tarib chiqqan holati esa «Taksi» filmida komissar rolini o‘ynagan Bernar Farsini eslatmoqda», deya izohladi bu holni bloger Nozim Safari.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 oktyabr 2016
Bugun o‘zbek turmasida 23 yilu 4 oy qolgan 72 yoshli Samandar Qo‘qonov ozod etilgani haqida tarqalgan xabar noto‘g‘ri bo‘lib ...
23 fevral 2017
20 fevral kuni O‘zbekiston tomoni Tojikistonning “Somon Eyr” kompaniyasi uchog‘ini qabul qila olmasligini bildirgani haqida xabarlar chiqdi. 25 yillik ...
13 iyun 2019
Andijon shahri 2-tug‘ruqxonasi farroshi 33 yashar Odinaxon Ergasheva 9 iyun kuni ichki ishlar xodimlari uni telefon o‘g‘irlaganlikda gumon qilib, ...
13 oktyabr 2023
Mustaqil ravishda tekshirilgan ma'lumotlarning qabul qilinishi to‘g‘risidagi sud qarori O‘zbekistonda mehnat huquqlari bo‘yicha hisobot berish uchun uzoq davom etadigan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...