Asosiy mavzular
13 iyun 2019

Andijon tug‘ruqxonasi farroshi IIB xodimlari uni urishganini aytmoqda

Andijon shahri 2-tug‘ruqxonasi farroshi 33 yashar Odinaxon Ergasheva 9 iyun kuni ichki ishlar xodimlari uni telefon o‘g‘irlaganlikda gumon qilib, Andijon shahri 4-IIBga olib borib kaltaklashgani, majburlab aroq ichirishganini iddao qildi.

«Bitta kasalning telefoni yo‘qolib qoldi. Mening smenamda yo‘qolgan. O‘sha kuni topilibdi ham. Meni urib, qiynashganidan keyin…».

Ergasheva o‘z intervyusida 6 iyun kuni uni Andijon shahri 4-IIB qidiruv bo‘limi xonasiga olib kirishib, qidiruv bo‘limi boshliqlari nazorati ostida kaltaklashganini bildiradi.

«Ko‘kartirmaydigan qilib ur. Ko‘kartirma buni. Ichini to‘k», deb rosa o‘rgatib turdi ikkitasi. Qolgan uch kishi esa meni urdi», dedi u.

Ergasheva, shuningdek, IIB xodimlari uning og‘ziga majburlab aroq quyishganini aytadi:

«Bo‘ynimni bunday qilishib, achchiq narsa quyishdi. «Nima bu?» dedim, «aroq» deyishdi, burnimni bekitib turib, ichasan, deyishdi».

Andijon viloyati IIB 9 iyun kuni voqea yuzasidan tarqatgan xabarida chindan ham yo‘qolgan telefonning bemor yotgan xonadan topilganini e'tirof etdi.

Biroq IIB Odina Ergashevani ichki ishlar xodimlariga tashlanib, bezorilik qilganlikda ayblamoqda.

Odina Ergasheva kaltaklardan keyin tez-tez hushidan ketayotganini, shifoxonadagi hamkasblari esa uni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga ham rozi bo‘lishmayotganidan shikoyat qilmoqda.

«Eltuz» 12 iyun kuni kun davomida Ergasheva bilan bog‘lanishga urindi, biroq uning telefoni aloqadan uzilganicha qoldi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 may 2019
Toshkent shahri hokimining tadbirkor bilan yovvoyi «samosud»ini ko‘rib, bir-ikki fikr aytishni joiz deb bildik. Kimga qanaqa bilmadig-u, lekin juda ...
3 mart 2022
O‘zbekistonning Ukraina mavzusidagi pozasi. Uzr pozitsiyasi. BMTga a'zo 193 davlatdan 141 tasi Rossiyadan Ukrainadagi urushni to‘xtatishni talab qildi. BMT ...
16 may 2018
Andijon shahrida yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqlar shu hafta boshidan butunlay olib tashlanmoqda. Yo‘l patrul xizmati xodimlarining ta'kidlashlaricha, bunga shaharda ...
16 aprel 2018
Mudofaa vazirligi harbiylarning kiyim-boshlari namunasini taqdim qildi. O‘zbek harbiysining yangi mundiri namunalari 1937 yilda Turkiston oydinlarini qatag‘on qilgan NKVD ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...