Ko‘zqarash
24 sentyabr 2020

Aziza Umarova: Bir oilaga ikki gektar yer berilsin

So‘nggi paytlarda mendan endi migrantlarning taqdiri qanday bo‘lishi haqida tez-tez so‘rashmoqda. Ayrimlar Rossiyadan qaytayotgan ishsiz erkaklar oqimidan ochiqchasiga hayiqmoqda.

Kimlardir mehnat migratsiyasi muammolarining asosiy sababini Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish uchun deb biladi.

Mening fikrim qanday?

Hukumat oxir-oqibat eng muhim, taqalib qolgan, doim ortga surilgan irodali qarorni qabul qilishi shart.

Bu – yer islohoti!

Zudlik bilan mexanizmni ishlab chiqib, qishloq joylarga qaytib kelgan migrantlarning xususiy mulkiga xo‘jalik yerlarini ajratib berish kerak.

Bir oilaga ikki gektardan to‘g‘ri keladi. Janubi-sharqiy Osiyodagi ko‘plab mamlakatlarda bo‘lgani kabi. Nimani ekish va qaerga sotishni hal qilishga doir to‘liq erkinlik bilan. Fermer xo‘jaliklariga yordam berish uchun davlat imtiyozli kreditlar ajratishi, qayta ishlashga yordam berishi (qo‘shilgan qiymat zanjiri) va kelajakda eksportni rivojlantirishga ko‘maklashishi lozim. Lekin buyruq bermang.

Aholi zichligi va migrantlar sonini inobatga olgan holda bu ishni Farg‘ona vodiysidan boshlash kerak.

Bu 100% yutuq. Qishloq xo‘jaligi yerlari bilan bog‘liq barcha narsalar (imtiyozli kreditlar, yerga oid shubhali bitimlar, hokimlarning zaxiralari, yoqilg‘i-moylash materiallari, o‘g‘itlar, sug‘orish suvi, mexanizatsiyalash va boshqalar) borasidagi korruptsiya keskin kamayadi.

Eng muhimi, uzoq yillardan so‘ng migrantlar o‘z oilalari – ota-onasi, turmush o‘rtog‘i va farzandlari bag‘riga qaytish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Biz nihoyat ijtimoiy yetimchilik va jamiyatdagi barbod bo‘lgan tizimga barham beramiz.

Yerni o‘zining haqiqiy egalariga topshirish lozim.

Aziza Umarova

Smartgov Consulting kompaniyaning ijrochi direktori. Feysbuk sahifasidan olindi

Tag‘in o‘qing
27 sentyabr 2023
Adliya tizimi va qonunlar ishlamay qo‘ysa, davlat qaroqchi va talonchilar to‘dasiga aylanadi. Bu aqlli gapni bir ming yettiyuz yil ...
24 noyabr 2020
«Humo» nomli uchoq shirkati haqida gap chiqishi bilan eronlik do‘stlarim o‘zbeklarni plagiatda aybladi. Eronda «Humo» degan uchoq shirkati bor ...
9 iyun 2020
Bu maqolani o‘tgan yili yozgan edim. Lekin hech qaerga jo‘natmadim. Sababi, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoevning tashabbusi bilan O‘zbekiston bilan ...
26 mart 2023
Magnitning bir tarafi o‘ziga tortsa yana bir qutbi jismni o‘zidan itaradi. Shu paytgacha O‘zbekiston teskari magnit bo‘lib keldi. San'at ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...