Asosiy mavzular
28 dekabr 2020

«Ma'naviyati» qo‘ziganlar talabi ortidan «Kalish» haykali olib tashlandi

O‘zbekistonda mahkumlar mehnati sharafiga qo‘yilgan yodgorlikni buzishdi. Taassufki, u faqat bir necha kungina turdi, “oq paltoli” ziyolilar va “ma'naviyatli” olomon g‘azabi tufayli buzildi va men uning fotosuratini ham topa olmadim, biroq baxtimga rasmini menga yetkazishdi.

***

Mahkumlarga yodgorlik Qamchiq dovonida, aynan Pop shahri pastida, yoki Pop ro‘parasidagi tepalikda o‘rnatilgandi. Bu qaysi tomondan ko‘rishga bog‘liq.

Yodgorlikning ko‘rinishi oddiy, biroq ekspressiv ifodali – ulkan kalishdan iborat edi. Aynan shu yerda, Popning pastida jazo ijro etiladigan zona, qisqasi, mahbuslar kalish ishlab chiqaradigan turma joylashgan.

***

Bu kabi yodgorliklarni butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘rnatish mumkin:

– g‘isht ko‘rinishida, chunki ayrim shaxslarga tegishli zavodlarda g‘isht, asosan, mahbuslarning kuchi bilan ishlab chiqariladi (menga yozishlaricha: «Katta korxonalariga ega zonalar bor, masalan, Navoiy Qiziltepasida, u yerda 30 ortiq turdagi mahsulot ishlab chiqariladi, sutkasiga 150-200 ming dona g‘isht yetkazib beriladi, tasavvur qilayapsizmi buning qancha katta pul ekanini?»);

– u bir qop tsement shaklida bo‘lishi mumkin, chunki tsement zavodlarida mahkumlar ishlaydi;

– harsang ohaktosh shaklida, chunki jami ohakni mahkumlar ishlab chiqaradi.

Xullas, bizning qamoqxonalarda mahbuslarning qullarcha mehnati bilan juda ko‘p mahsulotlar yetishtiriladi.

***

Siz o‘ylab ko‘rganmisiz qurilishlar nega foydali ekanini? Chunki qurilish materiallarining tannarxi juda past.

O‘ylaganmisiz hech nega asosan yosh yigitlarni arzimagan ayb yoki mutlaqo aybi bo‘lmasa ham qamashadi, buning ustiga, diniy moddalarda birvarakayiga guruh-guruh qilib? Chunki ular baquvvat va sog‘lom, buning ustiga, deyarli tekin va itoatkor qullar kuchi.

Maslokratlarni esa korruptsiya uchun qamashmaydi va ularning og‘ir jinoyat qilgan farzandlarini ham, agar qamashsa, uzoq muddat berishmaydi. Chunki ular mehnat qilishni bilishmaydi va bu GUIN uchun foydasiz.

Bu GULAG iqtisodiyoti.

***

Kalishga yodgorlikning ikkinchi talqini esa – bu bizning qishloq joylarimizdagi eng birinchi va eng kerakli poyabzal.

***

Garchi ho‘v anov gipsdan yasalib, sariqqa bo‘yalgan badbashara qari kampir ona vatan ramzini aks ettiruvchi yodgorlik sifatida har bir aholi punktida o‘rnatilgan, u madaniy meros ob'ekti sanaladi va unga doimiy ta'zim bajo keltiriladi.

***

Poplik mashhur «Kalish»ga o‘rnatilgan yodgorlik talqini uchun Amir Strannikka rahmat!

Farida Sharif. Toshkent

Tag‘in o‘qing
5 may 2020
2016 yil 29 dekabr kuni uchinchi otryad boshlig‘i oldimga kelib: – Sizga “muassasa ichki tartib qoidasini buzdi”, deb hujjat ...
19 yanvar 2016
Choyxona oshi Mayxona oshi To‘yxona oshi Nahor oshi Ta'ziya oshi Payshanbayu yakshanba oshi Shunday o‘tar ro‘zu ro‘zgorim Nariroqda ho‘v ...
12 iyun 2024
Turkiya prokuraturasi Izmir shahrida to‘rt nafar vatandoshi, jumladan shar'iy xotini va qizlarini o‘ldirib, jasadlarini muzlatgichga yashirganlikda ayblangan  Turkmaniston fuqarosi ...
14 iyun 2017
Prezident Shavkat Mirziyoevning viloyatlarga xizmat safarlari o‘zbek telekanallari orqali buyuk voqea kabi talqin qilinmoqda. Ayniqsa 2-iyun kuni Mirziyoevning Andijonga ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...