• Foto: «Paxtakor» FK
Asosiy mavzular
21 iyun 2021

«Eltuz»ga maktub: O‘zbekistonda eng dardi yo‘q odamlardan biri aniqlandi

«Paxtakor»ning kelib chiqishi turk, lekin shveytsariyalik Derdiyok (o‘zbekchasiga Dardiyo‘q) degan futbolchisi bor. Yillik maoshi 1,3 million yevro ekan. O‘zbekchasiga aytganda, yigit «Paxtakor»da kuniga har daqiqada 31 ming so‘m, har soatda 1,9 million so‘m, kuniga 45 million so‘m ishlab topayotgan ekan. Kelganidan beri (bir yarim yil bo‘libdi) hozirgacha 19 ta gol urgan ekan. Shu 19 ta golni bir yilda urgan, deb olsak ham bitta golining bahosi 865 million so‘m ekan.

O‘zbekistondagi eng dardi yo‘q odamlardan kamida bittasi aniqlandi. O‘zbekistonda davlat byudjetidanmi, tadbirkorning cho‘ntagidanmi, farqi yo‘q, bebiliska, maqsadsiz, behuda ishlatilayotgan pul oqimini cheklash lozim bo‘lgan sohalardan birini ko‘rsatib bergani uchun «Paxtakor»ning yangi rahbariyatiga rahmat. O‘z o‘rnida, klubning yangi de-fakto xo‘jayini Jahongir Ortiqxo‘jaevdan futboldan boshqa dolzarb sohalarda ham mana shunaqa ochiqlik va shaffoflikni kutib qolamiz.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 dekabr 2016
Farg‘ona viloyatining har bir tumanda Shavkat Mirziyoevga ovoz berishi uchun saylovchilarga kalish, atlas, adras matolari tarqatilmoqda. Eng qizig‘i bu ...
16 noyabr 2018
Putinning O‘zbekistonga tashrifidan ko‘p o‘tmay, mamlakat Ukrainadan dori-darmon importini to‘xtatdi. Ukrain nashrlari so‘nggi bir necha hafta davomida farmatsevtika mahsulotlari ...
2 oktyabr 2018
Taniqli o‘zbek shoirasi 59 yoshli Zulfiya Mo‘minova respublika TVsi orqali o‘qib bergan yangi she'rida bolani «dunyolardan bexabar oq kaptar»ga, ...
3 aprel 2016
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anievaning o‘zbek tilini bilmasligi haqida ijtimoiy tarmoqda qoldirgan izoxi shov shuvga sabab bo‘ldi. 38 ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...