Asosiy mavzular
13 fevral 2022

Rossiya tajovuzi

Rossiyaning Ukrainaga tajovuzi butun dunyo uzra quyuq qora bulutdek bo‘lib turibdi. To‘satdan chaqmoq chaqib, to‘fon boshlanadigandek. G‘arb matbuotida bosh mavzu shu. G‘arb diplomatiyasi motori ham bor quvvatiga ishlayapti.

Ammo, MDH davlatlari hukumatlari, Markaziy Osiyo rahbarlari aftidan jim. Uch kun avval Moskvada Putin bilan uchrashgan qozoq prezidenti saytida ham uchrashuvda Ukraina biron marta tilga olingani aytilmagan. O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari saytlari ham mavzuni chetlab o‘tyapti. Balki yopiq eshiklar ortida bir gap bo‘layotgandir, lekin hozirgi o‘ta qaltis vaziyatda ochiq ritorika va faol diplomatiya ko‘proq ish berishi mumkin.

Ko‘p tahlillardan ayon bo‘lishicha, Rossiya Ukrainaga urush ochsa, uyog‘iga boshqalar neytral qolishi qiyin bo‘ladi. Rossiyaga qarshi tayyorlanayotgan sanktsiyalar kuchli bo‘lishi kutiladi va bu nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiga, balki rahbarlarining xalqaro sahnadagi bor obro‘yi va istiqbollariga zarba berishi xavfi katta. Yemagan oshingga, degandek. Qiziq, O‘zbekiston hukumati qanday mavqeda hozir va urush boshlanib qolgan taqdirda ko‘rish kerak bo‘lgan choralar haqida o‘ylayaptimikan?

Jurnalist Ibrat Safo

(ijtimoiy tarmoqdan)

Tag‘in o‘qing
27 sentyabr 2018
«Abdulhamid Cho‘lponni ottirishda faol ishtirok qilgan o‘zbek yozuvchi va shoirlari Abdulla Qahhor, G‘afur G‘ulom va Hamid Olimjon O‘zbekistonda hali ...
5 avgust 2020
O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan diniy soha vakillariga 150 milliard so‘m pul ajratildi. Farmonda aytilishicha, bundan maqsad «diniy sohada xizmat ...
6 yanvar 2024
Sog‘liqni saqlash vazirligi ham karvonsaroyga aylandi. Vazir bo‘lib ko‘rmagan kim bor! Rassom Tuz
30 noyabr 2016
Namangan shahridagi byudjet idoralari va maktab xodimlariga Artel do‘konlarida sotilayotgan lampochkalardan kamida ikki donadan sotib olishga majbur etilayotgani haqida ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...