Ko‘zqarash
21 fevral 2023

Kam ta'minlanganlarni umraga jo‘natish kerakmi?

Jurnalist Rahimjon Rahmat yozadi: Shu,  kam ta'minlangan toifa allada aziz,  to‘rvada mayizga aylanib ketyapti. 

Mayli,  kambag‘al toifalarga un, yog‘,  kartoshkadan yordam berish kerakdir,  lekin ularni davlat hisobidan umraga jo‘natish to‘g‘ri deb hisoblamayman. 

Mahalla alkashlari,  Xudo urgan dangasalar kun bo‘yi  QVP binosi atrofida aylanishib yuradi,  aroq ichsayam shu atrofda ichadi,  po‘q yesayam shu atrofda yeydi. » Aroq ichgani QVP binosi atrofidan boshqa joy yo‘qmi? »  –  deb so‘rasangiz: » QVP binosiga moddiy yordam kelsa ko‘rmay qolmaylik, deb shu atrofda yuramiz», deydi.

Aksari sog‘lom.Bir narsa desangiz astoydil urishmoqchi bo‘ladi.

«Hoy, cho‘chqani bolasi, QVP binosi atrofida qachon moddiy yordam kelarkan deb itday iskalanib yurguncha, ishlasang bo‘lmaydimi, tekinxo‘r. He, moddiy yordam demay tiling uzilgur.

Nechta nochor oilaga davlat hisobidan issiqxona qurib berildi.Ishlatgani yo‘q.Yotibdi vayron bo‘lib.

Enkayib ishla. Mehnat qil. Bir to‘g‘ram noningni halol topib ye.

Moddiy yordam ber deb QVP binosi ostonasida ko‘ndalang yotib olishdan uyalmaysanmi? Ish yetarli.Hammayoq ish. Gadoychilikda lo‘lini ham orqada qoldirvordilaring.

Imtiyozli qatlamga aylandi bu alkash, dangasa gadoylar. Bu  to‘dadan jamiyatga ne naf?!

«Endi davlat hisobidan umraga bormoqchimisan? Pishirib qo‘ygani bor senga umrada, borib yeb kelasan. O‘zing dangasa, alkash va tekinxo‘r bo‘lsang,  umrada nima bor senga?»

Xullas, ishlanglar.Mehnat qilinglar.Ter to‘kinglar. @eltuz2022

Tag‘in o‘qing
13 aprel 2024
O‘zbekistonning barcha avtoyo‘llari 42,869 kilometrni tashkil qiladi. Povorotlar ikki xil – o‘ngga va chapga. Shu yo‘lning har bir kilometrini ...
8 yanvar 2022
Hikoyamiz qahramoni qirq bilan ellik orasidagi dehqonobodlik yigit. Toshkentning eski pedinstitut yaqinidagi Bobur ko‘chasida, to‘rt qavatli g‘ishtin uylardan birida ...
12 aprel 2024
1994 yili akam Shuhrat, ukam G‘ayrat va men Urganch shahrida mustaqil telestudiya tashkil etgan edik. Ochilgan kunidan buyon uni ...
28 fevral 2023
Bundan bir yil oldin bosqinchi Rossiya mustaqil Ukraina tuproqlariga xoinlarcha bostirib kirib, yosh go‘daklar, xotin-qiz, qariyalar hamda jami vatansevar ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...