Asosiy mavzular
18 may 2021

Samarqandda «GAI» boshlig‘i mashinasiga signal chalgan haydovchi jazolandi

Samarqandda «Damas» avtomobili haydovchisi IIB xodimining o‘tish yo‘lini to‘sib to‘xtagan, davlat raqami 828 VSS bo‘lgan mashinasiga signal bergani uchun jazolandi. Uning avtomobili jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Tarmoqda tarqalgan videoda aks etgan voqea, «Eltuz»ga ma'lum bo‘lishicha, 8 may kuni ertalab Samarqand viloyatining Paxtachi tumanidagi sodir bo‘lgan.

Haydovchi asosiy yo‘lga chiqish uchun mashinalar o‘tib ketishini kutib turganida, davlat raqami 828 VSS bo‘lgan oq rangli «Lasetti» avtomobili kelib, uning yo‘lini to‘sadi. Haydovchi unga signal beradi.

Avtomobildan tushgan IIB xodimi furajkasini namoyishkorona kiyarkan, orqadan izma-iz «Neksiya» mashinasida yetib kelgan boshqa bir xodimga “Bunga chora ko‘r”, deya buyruq berib, nari ketadi.

“Kattalar kelyapti. Nomerni tanimaysanmi”, deydi “haydovchiga chora ko‘rish”ni boshlagan IIB xodimi.

O‘zini “GAI nachalnigi Maqsud Tog‘aevman”, deya tanishtirgan xodim «Damas» haydovchisidan hujjatlarini so‘raydi. Haydovchi sababini so‘raganida Tog‘aev “eyman!” deya javob beradi.

“O‘pkangni bosib ol kim bo‘lsang ham!” deydi mashinani jarima maydonchasiga olib ketayotgan IIB xodimi «Damas» haydovchisiga.

“Nachalnik ekan, signal berish mumkin emas. Uyimizdan ham chiqolmaymiz endi!” deydi  «Damas» haydovchisi mashinasini jarima maydonchasida qoldirarkan.

«Damas» avtomobili videoregistratoriga yozilgan, IIB xodimlari qo‘polligi aks etgan videoda tuman YHXB boshlig‘i Maqsud Tog‘aevga “Bunga chora ko‘r!” deb buyurgan xodimning kimligi «Eltuz»ga hozircha noma'lum.  

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 yanvar 2017
O‘zbekistonda Toshkent shahridan tashqari barcha hududlarda tabiiy gaz va elektr energiyasi ta'minoti abgor ahvolda ekani shu vaqtgacha hammaga ma'lum ...
18 dekabr 2019
Bundan roppa rosa 33 yil oldin, 1986 yilning 17-18 dekabr kuni Sovet Ittifoqi rahbariyati Olmaota yoshlarining isyonini shafqatsizlarcha bostirgan ...
20 aprel 2020
Xotiralarimda o‘tgan asrning 70-yillari aurasiga kirib qoldim, chiqish oson bo‘lmayapti… G‘arb she'riyati haqida yozilgan turkum maqolalarga jahli chiqqan, o‘zini ...
20 dekabr 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih suhbatning 17-qismi muxolifat va hokimiyatning kelajagi haqida fikr yuritadi. @eltuz
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...