Asosiy mavzular
15 mart 2016

Turkiya jannat va jahannam orasida

rasm933
Ota turk ko‘chasidan 60 km narida rus uchoqlari aholi ustiga bomba yog‘dirmoqda

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on kamida 34 kishining umriga nuqta qo‘ygan Anqara portlashlaridan so‘ng «terrorizmni tiz cho‘ktirish»ga va'da bergan bo‘lsada mamlakat beqarorligicha qolmoqda.

O‘tgan oyda Anqarada harbiy karvonga hujum oqibatida 28 kishi halok bo‘lgan edi.

rasm934
Suriyalik bu ayol o‘z vatanini faqat rasmlarda ko‘radi

Bir tarafdan PKK terrorchi guruhi jangarilari ikkinchi tarafdan mamalakatga milliondan ziyod qochqinlar bilan birga Suriyadan kelgan ko‘rinmas IShID qo‘poruvchilari vaziyat tarangligini ta'minlamoqda.

Ikki saylov o‘tgan keyingi olti oy ichida Anqarada amalga oshirilgan uch hujum Turkiyani boshqarayotgan Adolat va taraqqiyot partiyasining siyosiy xatosi uchun to‘lov sifatida ko‘rinmoqda.

Kurort mavsumi oldidan rus sayyoxlaridan mosuvo bo‘lgan o‘rta yer dengizi oromgoxlarida esa yuz minglab suriyalik qochqinlar muvaqqat qo‘nim topgan.

rasm928
Dengiz soxilidagi Silifka mavzeida suriyalik qochqin bolalar nargiz gullarini sotib yurishibdi.

Dengiz soxilidagi Silifka mavzeida suriyalik qochqin bolalar nargiz gullarini sotib yurishibdi.

Yo‘l bo‘yidagi belgida esa bu yerning nomi jannat ekani yozilgan. Sal narida esa jahannam degan joy bor ekan. Jannat va jahannam deb yozilgan lavh osilgan yo‘ldan 60 kilometr naridagi Suriyada esa janglar bormoqda.

Nargiz gullarini sotib yurgan Halablik bola uchun Suriya jahannam timsoli. «Suriya jahannam», deydi Rashid ismi bu 12 yashar bola.

Rashid nargiz gullarini sotgan pulini onasiga oborib berishini aytadi:

«Onam qayiqchiga pul berib dengiz orqali bizni yevropaga jo‘natmoqchi. Men Suriyada jahannamni ko‘rdim, lekin Turkiya ham jannat emas ekan. Onamning aytishicha jannat Germaniyada» deydi beqaror bo‘lgani tezroq tark etish orzusida bo‘lgan Rashid.

Abdujamil Do‘stmuhammad

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 iyun 2022
28 iyun Eltuz portaliga kelayotgan shikoyatlar oqimini kuzatamiz. Ular odatdagidek turli mavzularda. Hullas, tashqarida yoz. Shofirkonda daydi itlar qo‘ylarni ...
31 may 2018
31 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 3D piyodalar yo‘lakchasi surati Namangan ko‘chalarida olingani aytiladi. O‘zbekistonda shusiz ham tuzukroq asfalt ...
21 yanvar 2021
«Eltuz» 21 yanvar kuni satira yo‘nalishidagi to‘rt minuntlik yangi animatsion filmni taqdim qildi. Bunda o‘zbek fermerlarining xonavayron bo‘lishiga sabab ...
8 may 2022
Taniqli kinopublitsist Abdulaziz Mahmudov og‘ir xastalikdan so‘ng  8 may kuni 71 yoshida Toshkentda vafot etdi. Bu haqda Eltuzga uning ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...