Kundalik
8 noyabr 2015

Pensionerlar haqini talab qilgani uchun…

Navoiylik nogiron va ikki farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan Boymurodova Dildora pensionerlar haqini talab qilib norozilik aktsiyasida qatnashgani uchun jazoga tortildi.

Uning bildirishicha, tuman pensionerlari sentyabr-oktyabr nafaqalarini ololmaganligi sabab, katta trassa yo‘lini to‘sib qo‘yib, norozilik bildirishgan.

Maktubida u, 90 yoshli savodsiz bir keksa ayol Samieva M.ning ishonchli vakili sifatida qatnashgani, voqeaga aralashmay chetda turgani, shuningdek, ko‘cha aktsiyasi ishtirokchilariga hech bir jazo qo‘llanilmaganini bildiradi.

Biroq kuchishlatar tizimi xodimlari birgina uni “jazoga tortishgan” – unga 7 million 104 ming so‘m jarima solishgan.

Uch yildan buyon ishsiz qolayotgani bois, farzandlari 12 yillik majburiy ta'lim olish huquqidan ham mahrum qolayotgan ayolga nisbatan bu bedodlik “O‘lganning ustiga tepgan bo‘ldi!” deya yozadi Dildora o‘zining hukumat raxbarlariga yozgan xatida.

Jabrdiydaning bildirishicha, uning o‘nlab idoralarga yozgan shikoyatlari hamon javobsiz qolmoqda.

Endilikda esa sud qarori bilan har oyda nogironlik nafaqasining yarmi – 226 ming so‘m jarimani qoplash uchun urib qolinadi.

“Nahot inson qadr-qimmati shu qadar yerga urilgan bo‘lsa mamlakatimizda?”, deya nola qiladi ayol prezidentga murojaatida.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 yanvar 2017
17 yanvarga o‘tar kechasi Masharipov bilan birga qirg‘iz millatiga mansub bir erkak va uch ayol ham qo‘lga olingan. Shu ...
2 iyun 2020
Tarmoqda 2 iyun kuni Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘anievniki deya ishonilgan audioyozuv tarqaldi. Unda davlat mulozimi “So‘x tumanini xaritadan ...
28 oktyabr 2020
Rassom Tuz
28 sentyabr 2017
Andijon shahrida 26 sentyabr kuni kuchishlatar tizim xodimlari noqonuniy valyuta savdosi bo‘yicha reyd o‘tkazdi. «O‘sha kuni kamida 40 ta ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...