Kundalik
5 aprel 2016

Huquq himoyachisi O‘ktam Pardaev tag‘in ayg‘oqchilar kuzatuvida

3 aprel kuni O‘ktam Pardaev uyining darvozasi oldida, oq rangdagi, nomeri 25 B 239 BA bo‘lgan «Jiguli» rusumidagi avtomobil va uning ichidagi 3 nafar fuqarolik kiyimidagi notanish shaxslar uning uyini videotasvirga olayotganini ko‘rgan.

«Mashinada uch kishi bor edi. Men shaxt bilan ular tomonga yurishim bilan, ularning ikkitasi shosha pisha mashinadan tushishib, xuddi adashib qolgan yo‘lovchilar kabi mendan bir nimalarni so‘rashga tushishdi» – dedi eltuz.com bilan suxbatda O‘ktam Pardaev.

Xuquq ximoyachisi mashinadagilarni o‘z telefonining kamerasida suratga tushurarkan, ular yuzlarini berkitib, o‘ta ko‘pol oxangda «Nega bizni rasmga olayapsan?» deb so‘ray boshlashgan. Ularga javoban O‘ktam Pardaev, «Nega endi sizlarga meni, uyimni va mening oila a'zolarimni suratga olish mumkinu, menga sizlarni rasmga olish mumkin emasmi?!» degan.

«Ular menga shu mahalladagi qanaqadir bir marosimga kelishganini, shu yerda to‘xtab, kechga qolgan sheriklarini kutishayotganini ayta boshlashdi. «Biz seni kuzatayotganimiz yo‘q. Ishonmasang, yur biz bilan va sen bizning yolg‘on so‘zlamayotganimizni o‘zing ko‘rasan» dedi ulardan biri.

Ular men bilan gaplasharkan, mashina ichida qolgan ularning sherigi videokamerani berkitishga urinayotganini ko‘rdim. Men ularga, tez yo‘qoling bu yerdan, aks xolda ustingizdan militsiyaga arz qilaman dedim va ular ketishdi» – dedi O‘ktam Pardaev.

rasm262
Uyiga o‘t qo‘yilishidan avval huquq himoyachisi Dmitriy Tixonovning ham ortidan mashinada ayg‘oqchilar kuzatgan edi

Paxtada majburiy mehnatni yoritgani uchun

Xuquqbon o‘z uyi atrofidagi kuzatuvchilarning yaqindan buyon paydo bo‘lib qolganini aytar ekan, buni paxta dalalaridagi chopiq ishlarining boshlanishi bilan bog‘laydi.

«G‘o‘za chopig‘i boshlanishi bilan, xokimiyat o‘qituvchilar, vrachlar va talabalarni dalaga chiqarishni boshlaydi. Va ular biz – xuquqbonlarning bu xolat bo‘yicha monitoringlar o‘tkazishimizni xam bilishadi. Shuning uchun o‘ylaymanki, xokimiyat aynan shu sababli meni yana nazoratga olishgan bo‘lishlari mumkin» – deydi xuquq ximoyachisi O‘ktam Pardaev.

Shu kunning o‘zidayoq, O‘ktam Pardaev o‘zini kuzatayotganlar ustidan shaxar militsiyasiga shikoyat arizasi yo‘llaganini aytadi. “Ular shikoyatimga javob bermasliklarini bilaman, boz ustiga, endi bu “iskovuchlar” ko‘zga tashlanmasdan kuzatishga o‘tishadi», deydi yana O‘ktam Pardaev.

Xuquq ximoyachisi O‘ktam Pardaev o‘tgan yilning 16 noyabr kuni, tovlamachilik va pora berish kabi to‘qima ayblovlar bilan xibsga olingan edi.

11 yanvar kuni Do‘stlik tuman jinoiy ishlar bo‘yicha sudi uni sud zalidan ozod qilgan va prokuror uni bundan buyon Xuquq ximoyasi bilan shug‘ullanmasligi xaqida ogoxlantirgan edi. Eltuz.com cayti O‘ktam Pardaev ustidan ko‘zg‘atilgan jinoiy ish maxsus uyushtirilgani xaqida avval xam xabar bergandi.

Ulug‘bek Ashur
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 may 2019
Londonlik tahlilchi Alisher Ilhomov 14 may kuni O‘zbekistonda mulkka egalik huquqlari buzilayotgan, ayniqsa, uylaridan ommaviy ko‘chirilayotganlar muammosi yuzasidan petitsiya-murojaatini ...
14 yanvar 2023
RT: Bugungi juma va'zi qisqa bo‘ladi. MS: Navchun og‘o, so‘qishdingizmi yo? O‘din oz bo‘lsom gap ko‘p dar adila xonqolilo. ...
27 mart 2017
O‘zbekistonda shu paytgacha ko‘klarga ko‘tarilib maqtalib kelingan ta'lim tizimining asl ahvoli to‘g‘risida achchiq haqiqatlar oshkor bo‘layotgani, ommaviiy axborot vositalarida ...
10 dekabr 2023
“Changak bo‘lasan changak, Osmona garib angak”. Javlon Sapaevning changak lazgisi X Factorni ontarib tashadi!!! Calom xonimlar va janoblar, yaxshilab ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...