Kundalik
13 aprel 2016

IShIDga aloqadorlikda ayblangan armani fermerning advokati xibsga olingan

eltuz.com saytiga, IShIDga aloqadorlikda ayblanib, 7 yil ozodlikdan maxrum qilingan Jizzaxlik fermer, armani millatli Aramais Avakyanning advokati Olim Qobilov xibsga olinib, qamoq jazosiga xukm qilingani xaqida xabar yetib keldi.

O‘tgan yilning 4 sentyabr kuni MXX tomonidan o‘g‘irlab ketilib, IShIDga aloqadorlik va qo‘poruvchilikda ayblangan fermer Aramais Avakyan xamda uning 5 nafar sherigining tergovi qiynoqlar va ruxiy bosimlar ostida olib borilganini tasdiqlovchi muxim dalillar va faktlarni eltuz sayti orqali oshkor etilishiga xissa qo‘shgan Olim Qobilov, ushbu ish bo‘yicha xukm o‘qilishiga bir necha kun qolganida, kutilmaganda lintsenziyadan maxrum qilingan edi.

rasm1152
Avakyanning advokati Olim Qobilov, 7 yillik qamoq jazosiga xukm qilingan

O‘sha kunlari u bizga, Jizzax viloyat MXXning tayziqi bilan lintsenziyasi olib qo‘yilganligini aytib, ushbu soxta jinoiy ishni uyushtirgan yuqori martabali viloyat amaldorlari “Aramais Avakyan ishi” tafsilotlarini oshkor etmaslik uchun har narsaga tayyorligi xaqida ogoxlantirgan edi.

Shuningdek, advokat Olim Qobilov, lintsenziyasiz qolgan bo‘lsada Aramais Avakyan ishi bo‘yicha uning oilasi va yaqinlariga xuquqiy ko‘mak berishda davom etishini va ushbu “qo‘lbola” jinoiy ishni Oliy sudgacha olib chiqishga ko‘maklashishini xam aytgan edi.

Ish faoliyatidan chetlatilgan bo‘lishiga qaramay, Olim Qobilov o‘z va'dasida qoldi: u, soxta ayblovlarni bo‘yniga olishi uchun noinsoniy qiynoqlarga solingan Aramais Avakyan, Dilshod Alimov, Bektemir Umrzoqovlarning yaqinlariga norasmiy tarzda xuquqiy maslaxatlar berib bordi, ularga yuqori instantsiyalarga arizalar yozishni o‘rgatdi.

Bu orada, 19 fevral kuni Aramais Avakyan va uning sheriklari ustidan xukm o‘qildi. Taajublanarli joyi shundaki, 50 saxifaga jo bo‘lgan sud xukmining birinchi saxifasida, “…sudlanuvchi Aramais Avakyan va Dilshod Alimovlarning manfaatlarini ximoya qiluvchi advokati Olim Qobilovning ishtirokida…” deb yozib qo‘yilgan edi. (o‘sha saxifaning rasmi ilova qilinyapti)

Xukm o‘qilgan sud majlisida advokat Olim Qobilovning ishtirok etmaganini sudlanuvchilarning yaqinlari xammasi tasdiqladi. Saytimiz muxarririning advokatni topishga urinishlari besamar ketdi.

Olim Qobilov izsiz g‘oyib bo‘lgandi

Va nixoyat, Jizzaxdagi tanishlarimiz yo‘qolib qolgan advokatning taqdiri haqida darak topishdi. Darak esa unchalik quvonarli emas edi.

Ularning Jizzax viloyat adliya boshqarmasidagi manbaalariga tayanib aytishicha, advokat Olim Qobilov, bundan bir oylarcha muqaddam, O‘zbekiston Jinoiy kodeksining Tovlamachilik (168 modda) xamda Pora berish (211 modda) kabi moddalari bilan ayblanib, 7 yillik qamoq jazosiga xukm qilingan.

Ayblanuvchilar Aramais Avakyan xamda Dilshod Alimovlarning noinsoniy qiynoqlarga solingani, tergovning jinoiy prosessual koidalarga mutlaqo zid ravishda olib borilgani xaqidagi xabarlarni OAVga sizdirishga xissa qo‘shgan, ximoyasidagi fermer va uning sherigi manfaatlarini sud majlislarida moxirona ximoya qilayotgan advokat

Olim Qobilovning kasbiy faoliyatiga, Jizzax viloyati MXX shu tariqa nuqta qo‘ydi.

Ulug‘bek Ashur
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 iyul 2017
Xiva yodgorliklari 19 may kungi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tag‘in «rekonstruktsiya» qilinadigan bo‘ldi. Qarorga ko‘ra Xiva xonining yozgi «Nurillaboy» ...
3 dekabr 2018
Mana bu rasmlarda ko‘rib turganingiz Suriyaning Idlib yoxud Halab shaharlaridagi binolarning emas, O‘zbekiston Respublikasi Navoyi viloyati Xatirchi tumani Langar ...
3 avgust 2020
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimidagi vaziyat yomonlashgan bir paytda Toshkent shahri hokimi bilan bog‘liq xususiy universitet to‘g‘risidagi davlat hujjatlari g‘azablantirmoqda. ...
7 yanvar 2020
Markaziy Osiyo arxeologiyasi va me'moriy restavratsiyasi asoschisi Mixail Masson tug‘ilganiga 2017 yilning dekabrida 120 yil to‘ldi. Biroq Arxeolog izlanishlar ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...