Dayjest
15 aprel 2016

Qovun qovundan rang olib…

Maqolada yozilishicha, xitoylik jurnalistlar «Farg‘ona shahrining qiyofasi, yam-yashil maydonlar, kashtanlar xiyoboni, yangi bunyod etilgan inshootlar, suv sporti saroyini ko‘rib, ko‘zlari quvnagan» va Shensi viloyati markazi «Sian shahri ko‘chalari tor, odamlar doimo shoshib yurishi»dan yozg‘irgan hamda Farg‘ona shahrining San'at xiyobonida ko‘ksini to‘ldirib nafas olib, bu o‘lkada yashovchilarga havasi kelgan.

«Shensi jibao» gazetasi bo‘lim mudiri esa «O‘zbekistonda tom ma'noda so‘z va matbuot erkinligiga erishilgani, jurnalistik faoliyatni tashkil etish va axborot olishni kafolatlaydigan qonunlar ishlab turganini katta qiziqish bilan o‘rgangani»dan quvongan.

Har holda maqola muallifi, amaldagi hukumatga bo‘lgan «mehri»ni har xil nashrlar orqali boshqalar bilan ulashishga ishtiyoqi baland jurnalist Muhammadjon Obidov (bir vaqtlar «Axborot» muxbiri bo‘lgan) xitoyliklarning fikrlarini shunday bayon etadi.

Xitoy matbuotidagi tsenzura haqida ko‘p yoziladi. Bu yerda tsenzura boshqa totalitar yoki avtoritar davlatlardagidan farq qilmasligi aytiladi.

Shuning uchun xitoylik jurnalistlar haqiqatan ham shunday gaplarni aytgan bo‘lsa, «qovun qovundan rang olishi»ning yorqin namunasiga guvoh bo‘lish uchun bundan ortiq misolni topish qiyin ekanligiga amin bo‘lamiz.

Bundan tashqari, so‘nggi 10 yillikda shaharsozlikka dunyoning mana-man degan davlatlariga o‘rnak bo‘layotgan Xitoyning jurnalistlari Farg‘onadagi o‘zgarishlardan hayratga tushganini o‘qib: «Bular jinni-pinni bo‘lib qolgani yo‘qmi? Yoki yaqin tarixini qo‘msashyaptimi», deb ham o‘ylab qoladi odam.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 oktyabr 2020
Payshanba kuni Qashqadaryo viloyatida Enter Engineering kompaniyasining g‘alayon ko‘targan xodimlari bilan suhbatlashgan G‘uzor tumani hokimi Behzod Suyunov katta kontsert ...
10 dekabr 2021
Azizlar, mana, yana siz bilan yuzma-yuzman. Sizlarning yuzingizda tog‘lar qadar salobat va cho‘qqilardagi qor kabi tozalik ko‘raman. Sizlar mening qanotlarimsiz. ...
7 may 2019
«Eltuz» nashri Muhammad Bekjonning «Qo‘rquvning nariyog‘ida» (Alvido, Jasliq!) ikkinchi kitobi, 5-qismi audioversiyasini taqdim etadi. 2005 yilgi Andijon voqealaridan keyin ...
13 aprel 2024
Joriy yilning 9 aprel kuni Istanbul viloyati Fotih tumanida vaqtinchalik ishlash uchun kelgan o‘zbekistonlik ikki nafar fuqaro Instagram tarmog‘iga ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...